Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

FVHK-2017. «Mash’al» yoshlari «Qo‘qon-1912» yoshlaridan ustun keldi

FVHK-2017. «Mash’al» yoshlari «Qo‘qon-1912» yoshlaridan ustun keldi

Baho:
+ | -

«Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017»da ishtirok etayotgan «Mash’al-2» jamoasi 3-turda “Qo‘qon-1912-2” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2-1 hisobida g‘alaba qozondi.

Har ikki jamoa o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshladi. «Mash’al» jamoasining birinchi hujumidayoq vaziyat gol bilan yakunlanishi mumkin edi. «Gazchilar»ning bergan zarbasini raqib darvozaboni mahorat bilan bartaraf etdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, ustunlik sekin-asta raqib tomoniga o‘tdi. Qo‘qonliklar “Gazchilar” darvozasi oldida ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Ammo barcha urinishlar besamar yakunlanaverdi. 30-daqiqada «Mash’al» hujumchisi Farruh Shotursunov darvozabon bilan birga–bir vaziyatga chiqib borib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan uch daqiqa o‘tib, muvozanat tiklandi. Raqiblar futbochisi Andrey Sidorov darvozani ishg‘ol etdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda intiho topdi.

Ikkinchi bo‘limda “Mash’al” jamoasi o‘yinni yaxshi boshlashdi. 62-daqiqa raqiblar darvozamiz oldida xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Orif Mamajonovning zarbasidan keyin posbon to‘pni ushlab olishda xatolikka yo‘l qo‘ydi. Ammo tezda xatosini to‘g‘irladi. 69-daqiqaga kelib, «Mash’al» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Shotursunovning o‘n bir metrli nuqtadan bergan zarbasini Abdullayev qaytardi. Ammo qaytgan to‘pni Farruxning o‘zi darvozaga aniq yo‘llab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Uchrashuv shu hisobda yakun topdi.

«Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017», «D» guruhi

3-tur
“Mash’al-2” – “Qo‘qon-1912-2” – 2:1 (1:1)
Gollar: Farrux Shotursunov-30, 69. – Andrey Sidorov-33.
“Mash’al-2”: 35. Javohir Ilyasov, 33. Shahzod Abdurahimov, 2. Iskandar Shoyqulov, 8. Mirzakamol Kamolov, 29. Jamoliddin Ubaydullayev, 17. Vladislav Pavlenko, 13. Shahzod Shaymanov, 19. Maqsad Muhammedov, 27. Farrux Shotursunov, 6. Abbos Amonov, 96. Shoxrux Dostonov.
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 9. Xumoyun Murtazoyev, 28. Maradona Safarov, 22. Jonibek Mirzaqulov, 55. Avaz Agaliyev.
“Qo‘qon-1912-2”: 30. Islom Abdullayev, 6. Islom Karimov, 8. Ibrohim Rahimov, 10. Iqbol Malikjonov, 11. Ibrohim Muxtorov, 14. Muhammadanas Hasanov, 15. Ma’ruf Zokirjonov, 17. Andrey Sidorov, 19. Shoxrux Xolmatov, 22. Orif Mamajonov, 27. Ismoil Oxunjonov.
Zaxira: 1. Suxail Jumaboyev, 2. Ramzbek Isaqov, 4. Sardor Isaqov, 5. Doniyor To‘lashev, 21. Doston Meliqo‘ziyev, 25. Dilshod Baratov, 26. Ibrohim Ahmadjonov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 15:50, 30.01.2017.
O'qildi: 3579 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик