Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Legionerlarimizda nima gap?

Legionerlarimizda nima gap?

Baho:
+ | -

Xorij chempionatlarida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar o‘tgan haftada turli natijalarni qayd etishdi.

*** O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidovning klubi - «Al-Jaish» Qatar Yulduzlar ligasi 18-tur o‘yinini safarda «Umm-Salal»ga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. 70-daqiqada raqib futbolchisi maydondan chetlashtirilgan bo‘lsada, duxaylliklar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirolmadilar. Sardor mazkur uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

*** 2 nafar hamyurtimizni o‘z safiga jamlagan «Al-Sayliya» esa «Al-SHaxaniya» mehmoni bo‘lib, ortga 1 ochko bilan qaytdi - 0:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov ham, Sanjar Shoahmedov ham «Sayliya»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushib, o‘yin oxirigacha harakatlanishdi.

*** Sanjar Tursunov ham «Al-Huraytiyat»ning «Al-Rayyan»ga qarshi uchrashuvida to‘liq vaqt o‘ynadi, ammo jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

*** BAA chempionatida 16-tur ortda qoldi. «Al-SHabab» klubi bu safar mehmonda «Bani Yas»ni 4:2 hisobida yengdi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur g‘alabaga 90 daqiqalik faol harakati bilan hissa qo‘shdi. Ayni payt «Al-SHabab» 24 ochkoga ega va 6-o‘rinda bormoqda.

*** Malayziya premyer-ligasida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. ATM klubi uning doirasida MISC mehmoni bo‘lib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborli tomoni, ATMning gollaridan biriga hamyurtimiz Pavel Smolyachenko mualliflik qildi. Aytish joiz, Iqbol Boboxonov va Sirojiddin Rahmatullayev ham aynan shu klub safida to‘p surishmoqda.

*** Malayziya super-ligasi ishtirokchisi «T-Tim» 2-turda «Paxang» maydoniga safar uyushtirib, 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu jamoa tarkibida Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov bor. Bahs tugagach, mehmon jamoa muxlislari yirik hisobga qaramay, «T-Tim» futbolchilariga tasalli berishdi. O‘z nav­batida, jamoa vakillari ularga yaqinlashib, xunuk natija uchun uzr so‘rashdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:33, 30.01.2017.
O'qildi: 10364 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик