"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, "Chelsi" navbatdagi ikki uchrashuvda "Liverpul" va "Arsenal"ni mag‘lub etsa, APLDa intriga "o‘ladi".
APLning 22-turidan so‘ng "ko‘klar" ikkinchi o‘rindagi "kanonirlar"da 8 ochko ilgarilab ketgan, "shpor"lardan sa - 9 ochko.
"Agar "Chelsi" har ikki o‘yinni yutsa, ularni to‘xtatib bo‘lmay qoladi. Ammo biz diqqatimizni o‘z o‘yinimizga qaratishimiz kerak. Assosiysi - 3 ochko olish. Shunda "Chelsi"ga yaqinlashish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Agar "Sanderlend" va "Midlsbro"ni mag‘lub etsak, kamida hozirgi farqni saqlab qolamiz. Ochkolar hozir bizga ham, raqiblarga ham o‘ta muhimligini tushunish kerak", - deydi Pochettino.