Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bekor qilish buncha oson-a?! O‘zbekiston termasining bekor qilingan o‘yinlari haqida

Bekor qilish buncha oson-a?! O‘zbekiston termasining bekor qilingan o‘yinlari haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir o‘yini qoldirildi. Yo‘q, qoldirilmadi, bekor qilindi. Har bir narsani o‘z nomi bilan atash kerak. Qoldirilgan o‘yin keyinroq, ya’ni boshqa muddatda bo‘lib o‘tadi. Armaniston termasi bilan uchrashuv esa endi o‘tkazilmasa kerak. Ammo biz bundan ko‘p hayratlanganimiz, «shok»ka tushganimiz yo‘q. Nega? Chunki o‘rganib qolganmiz. Bosh jamoamiz o‘yinlari avval ham bekor qilingan, hozir ham shu holat davom etmoqda.

Armaniston termasi nima bo‘libdi, biz ancha kuchliroq jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilinganini ko‘rganmiz. O‘z vaqtida Turkiya va Ekvatorial Gvineya termalariga qarshi ham o‘ynay olmaganmiz. U yog‘ini so‘rasangiz, bunday jamoalar ko‘p topiladi. Ularning orasida hattoki, Qirg‘iziston termasi ham bor. Shu vaqtga qadar bizga rad javobini bera olmaydigan bittagina jamoani ko‘rdik, u ham bo‘lsa - Iordaniya. Aytishlaricha, bekor qilingan o‘yinlarni yig‘ib chiqib, FIFA reytingi tuzilsa, O‘zbekiston milliy jamoasi birinchi o‘rinni olarkan. Afsuski, bu borada hech qanday statistik tadqiqot ishlari olib borilmagan.

Ammo ta’kidlash joiz, baribir, Turkiya va Ekvatorial Gvineyaga qarshi bahslarning qoldirilishi biz uchun ancha katta yo‘qotish. Bu bilan Armaniston termasini kamsitish fikridan yiroqmiz. Garchi ushbu jamoaning saviyasi Turkiya va Ekvatorial Gvineyanikidan pastroq tursa-da, gap butkul boshqa tomonda. Bizga eng alam qiladigani, o‘sha uchrashuvlar Toshkentda o‘tkazilishi lozim edi. Muxlislar turklarning o‘yinini bevosita stadionda tomosha qilishga intiq bo‘lib turgandilar. Shuningdek, Afrika vakili bilan bahs ham poytaxtimizda o‘tishi va O‘zbekiston milliy jamoasining asl kuchini belgilab berishi lozim edi. Biroq yana o‘sha Terma jamoalar markazi tufayli uchrashuvlar o‘tkazilmay qoldi.

Xullas, biz allaqachon bunday «bekor qilishlar»ga ko‘nikib bo‘lganmiz. Shunchaki, Armaniston terma jamoasi ham o‘shalar qatoriga qo‘shildi, xolos. Bo‘lar ish bo‘ldi, bundan fojia yasamaymiz. O‘yin 3000 kilometr uzoqda o‘tkazilgach, biror muxlis borib tomosha qilishining iloji yo‘q ekan, achinmay qo‘yaveramiz. Translyasiya haqida-ku, umuman indamagan ma’qul. Qisqasi, o‘yin bekor qilindi nima-yu, o‘tkazildi nima, baribir emasmi?

Terma jamoalar markazi tashkil topibdiki, har doim diqqatimiz markazida. Afsuski, bu e’tiborga ijobiy emas, balki ko‘proq salbiy jihatlar sabab bo‘layotgani ham ayni haqiqat. Shu vaqtga qadar TJMni ko‘pchilik tanqid qildi, ammo kimdir rahmat aytganini eslay olmaymiz. Ayniqsa, mana shu o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilinishidan ko‘pchilik zada. Har safar qaysidir uchrashuv o‘tkazilmay qolgach, ko‘pdan-ko‘p tanqidlar yangraydi. Ammo buning natijasida qaysidir muammo hal bo‘lib qolganini ko‘rmadik. Terma jamoalar markazi tashkil topibdiki, o‘sha gap, o‘sha so‘z.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi - bunday tashkilotdan bizga nima naf? Markaz tashkil etilganda uning oldiga vazifa va maqsad sifatida yurtimizning barcha yoshdagi termalari tayyorgarligi uchun sharoitlar yaratib berish qo‘yilgandi. Ammo ko‘rib turibmizki, ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmadi, Markaz ishi esa har doim tanqidlarga sabab bo‘ldi. Shu vaqtga qadar Toshkentga jahonning ko‘zga ko‘ringan birorta termasi kelmadi. Vaholanki, O‘FF rahbariyati bosh jamoamiz tayyorgarligi uchun har qanday mablag‘ni yetkazib berishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlaganiga qaramay, o‘rtoqlik o‘yinlari ketma-ket bekor qilinmoqda.

Modomiki, shunday ekan, balki terma jamoalar markazida jiddiy o‘zgarishlar qilish vaqti kelgandir? Axir o‘rtada milliy jamoamiz taqdiri yotibdi. Termamiz jahon chempionatida kuchli raqiblarga qarshi to‘p surib, shu tariqa yurtimiz dovrug‘ini olamga yoyishi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi darkor. Zarur shart-sharoitlar yaratilgan, faqat ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanilsa bo‘lgani. Buning uchun, eng avvalo, rejaga kiritilgan uchrashuvlar, ayniqsa, Toshkentda o‘tishi belgilangan bahslarning o‘tkazilishini ta’minlash darkor. Xullas, «bekor qilish»ga barham berilishi shart.

O‘ZBEKISTON TERMASINING OXIRGI VAQTLARDA BEKOR QILINGAN O‘YINLARI

Sana

Raqib

2013 yil 14 avgust

Turkiya

2016 yil 9 fevral

Moldova

2016 yil 2 iyun

Qirg‘iziston

2016 yil 2 iyun

Ekvatorial Gvineya

2016 yil 13 iyul

«Yablones» (CHexiya)

2017 yil 12 fevral

Armaniston

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:48, 01.02.2017.
O'qildi: 16210 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.