Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

APL: 23-tur hayratlari

APL: 23-tur hayratlari

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasining 23-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qiziqarli o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, “Chelsi” safarda “Liverpul” bilan durang o‘ynadi. “Arsenal” o‘z uyida yutqazib qo‘ydi.

Shuningdek, “Tottenhem” ham nolli durang qayd etgan bo‘lsa, “Manchester Siti” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” esa autsayder darvozasiga gol ura olmadi.

"Tottenhem"ning qoqilishi

“Tottenhem” jamoasi safarda “Sanderlend” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va durang o‘ynadi. Ushbu o‘yindagi natijadan keyin Pochettino shogirdlari 2-o‘ringa chiqib oldi. Lekin chempionatda intriga avjiga chiqmoqda.

31 yanvar. Sanderlend. "Stadium of Layt" stadioni. 40058 tomoshabin.
Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).
“Sanderlend” – “Tottenhem” - 0:0

“Arsenal” yutqazdi

“Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Uotford”ga qarshi maydonga tushdi va mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinda Qobul va Dini “to‘pchilar” darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, Ivobi bitta gol bilan javob qaytara oldi xolos.

31 yanvar. London. "Emireyts" stadioni. 60035 tomoshabin.
Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).
“Arsenal” – “Uotford” - 1:2
Gollar: Qobul, 10 (0:1). Dini, 13 (0:2). Ivobi, 58 (1:2).

Peshqadamlar o‘yinida durang

“Chelsi” jamoasi safarda “Liverpul”ga qarshi o‘ynadi va ushbu markaziy o‘yinda jangovar durang qayd etildi. O‘yinda David Luis hisobni ochgandi, Veynaldum tenglashtirdi. Kosta esa penaltidan gol urolmadi.

31 yanvar. Liverpul. "Enfild" stadioni. 53157 tomoshabin.
Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).
“Liverpul” – “Chelsi” - 1:1
Gollar: David Luis, 24 (0:1). Veynaldum, 57 (1:1).
Urilmagan penalti: Diyego Kosta, 76 (darvozabon).

“Man.Siti”da yirik g‘alaba

“Vest Xem” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Siti” klubiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Mazkur o‘yinda Gvardiola shogirdlari mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Lekin “shaharliklar” hamon 5-o‘rinda borishmoqda.

1 fevral. London. Stadion "Olimpiyskiy". 56980 tomoshabin.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).
“Vest Xem” – “Manchester Siti” - 0:4
Gollar: de Bryuyne, 17 (0:1). Silva, 21 (0:2). Jezus, 39 (0:3). Ture, 66 - penaltidan (0:4).

"MYU" ochko yo‘qotdi

“Xall Siti” jamoasi safarda “Manchester Yunayted” klubi mehmoni bo‘ldi va qiyin kechgan uchrashuvda durangga erishdi. Joze Mourinyo shogirdlari autsayder jamoa darvozasiga birorta ham gol urolmadi.

1 fevral. Manchester. "Old Trafford" stadioni. 75297 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Jons (CHester).
“Manchester Yunayted” – “Xall Siti” - 0:0

"Everton" g‘alaba qozona olmadi

“Stok Siti” jamoasi o‘z uyida “Everton”ni qabul qildi va durangga erishdi. Avvaliga Krauch hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Koulmen jamoasi joniga ora kirib, tenglashtirdi.

1 fevral. Stok-on-Trente. "Britannia" stadioni. 27612 tomoshabin.
Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).
“Stok Siti” – “Everton” - 1:1
Gollar: Krauch, 7 (1:0). Koulmen, 41 (1:1).

Qolgan-qutganlar

31 yanvar. Bernli. "Terf Mur" stadioni. 19202 tomoshabin.
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).
“Bernli” – “Lester” - 1:0
Gol: Vouks, 88 (1:0).

31 yanvar. Bornmut. "Vitaliti Stedium" stadioni. 11286 tomoshabin.
Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).
“Bornmut” – “Kristal Pelas” - 0:2
Gollar: Dann, 47 (0:1). Benteke, 90+2 (0:2).

31 yanvar. Midlsbro. "Riversayd" stadioni. 27316 tomoshabin.
Bosh hakam: Styuart Atvell (Nunaton).
“Midlsbro” – “Vest Bromvich” - 1:1
Gollar: Morrison, 6 (0:1). Negredo, 17 - penaltidan (1:1).

31 yanvar. Suonsi. "Liberti" stadioni. 20359 tomoshabin.
Bosh hakam: Rojer Ist (Uiltshir).
“Suonsi” – “Sautgempton” - 2:1
Gollar: Mouson, 38 (1:0). Long, 57 (1:1). Sigurdsson, 70 (2:1).

Tur jazolari

23-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 33ta sariq kartochka ko‘rsatildi.

23-tur: “eng, eng, eng...”

Eng tezkor gol
Jeyms Morrison – 6-daqiqa (“Midlsbro” – “Vest Bromvich”)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar
Andre Marriner – 6ta (“Arsenal” – “Uotford”)
Kevin Frend – 6ta (“Vest Xem” – “Manchester Siti”)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar
Kreyg Pouson – 1ta (“Stok Siti” – “Everton”)
Mayk Din – 1ta (“Bernli” – “Lester”)

Eng ko‘p tomoshabin
“Old Trafford” stadioni — 75297 tomoshabin

Eng kam tomoshabin
“Vitaliti Stedium” stadioni — 11386 tomoshabin

To‘purarlar
15ta - Aleksis Sanches (“Arsenal”, 1), Diyego Kosta (“Chelsi”)
14ta - Zlatan Ibrohimovich (“Manchester Yunayted”, 1)
13ta - Harri Keyn (“Tottenhem”, 3)
12ta - Jermeyn Defo (“Sanderlend”, 5), Romelu Lukaku (“Everton”)
11ta - Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 3), Dele Alli (“Tottenhem”)
9ta - Kristian Benteke (“Kristal Pelas”, 2), Maykl Antonio (“Vest Xem”), Sadio Mane (“Liverpul”), Eden Azar (“Chelsi”, 2)

Tur o‘yini
Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, “Liverpul” va “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Garchi o‘yinda durang natija qayd etilgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar ajoyib qarama-qarshilik guvohiga aylanishdi.

23-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)
23-turning eng yaxshi futbolchisi “Manchester Siti”dan Kevin de Bryuyne bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

24-tur o‘yinlari
4 fevral, shanba
“Chelsi” – “Arsenal”, soat 17:30
“Xall Siti” – “Liverpul”, soat 20:00
“Everton” – “Bornmut”, soat 20:00
“Vest Bromvich” – “Stok Siti”, soat 20:00
“Kristal Pelas” – “Sanderlend”, soat 20:00
“Sautgempton” – “Vest Xem”, soat 20:00
“Uotford” – “Bernli”, soat 20:00
“Tottenhem” – “Midlsbro”, 22:30
5 fevral, yakshanba
“Manchester Siti” – “Suonsi”, soat 18:30
“Lester” – “Manchester Yunayted”, soat 21:00

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 14:07, 02.02.2017.
O'qildi: 5303 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.