Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Navbahor" yoshlari “Neftchi” bilan durang o‘ynadi

"Navbahor" yoshlari “Neftchi” bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan "Navbahor" yoshlari guruhdagi so‘nggi uchrashuvni “Neftchi-1” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.

Farg‘onaliklar bilan o‘tgan o‘yinda futbolchilar ijobiy natija sari harakat qilishdi. O‘z navbatida “Neftchi” vakillari ham faqat g‘alabani ko‘zlagan holda to‘p surishdi. Ammo, yakunda uch ochkoni qo‘lga kiritish hech bir jamoaga nasib etmadi. Har ikki jamoa futbolchilarida gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, vaziyatlarni golga aylantirish hech kimga nasib etmadi va bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakun topdi.

Uchrashuvni "Navbahor" yoshlari quyidagi tarkibda o‘tkazishdi: Mirzohid Mamatxonov, Iskandar Sidiqjanov, Shahzod Hamidov, Javohir Olimjonov, G‘olibbek Karimov, Shohruhmirzo Ahmadaliyev, Abbos G‘ulomov, Akbarali Xoldorov (Muzaffar Abdullayev), Ahmad Mamadaliyev (Ilhom Aliboyev), Islom Abduqodirov (Bobir Tillaboyev), Abdumalik Abdullayev (Ibrohim Ismoilov).

Shu tariqa “A” guruhida qatnashgan yoshlarimiz 4 ochko jamg‘argan holda guruhda uchinchi o‘rinni band etishdi. Guruh g‘olibligini Farg‘onaning yana bir jamoasi “Istiqlol” 7 ochko bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsa “Neftchi” klubining birinchi tarkibi besh ochko bilan ikkinchi pog‘onada qayd etildi. So‘nggi o‘rinni esa ochko to‘play olmagan Andijonning “O‘zDongJu” jamoasi band etdi. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:29, 02.02.2017.
O'qildi: 4106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.