Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Devis Kubogi: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hisobda oldinga chiqib oldi.

Devis Kubogi: O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hisobda oldinga chiqib oldi.

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi Devis Kubogi birinchi raundining ikkinchi kunida juftlik bahsi o‘tkazildi.

Unda Istomin/Fayziyev juftligi Xyon Chon/YOn Kyu Lim duetiga qarshi kortga chiqib 3:2 (6:3, 6:7, 6:7, 7:5, 6:4) hisobida g‘alaba qozondi. Natijada O‘zbekiston 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi.

Ertaga hal qiluvchi bahslar o‘tkaziladi. Unda Chon – Istomin, Fayziyev – Li kortga chiqishadi. Keyingi bosqichga chiqish uchun hamyurtlarimiz bir o‘yinda g‘alaba qozonsa kifoya.

Ma’lumot o‘rnida, Devis Kubogi (Davis Cup) — erkaklar tennisida yirik xalqaro jamoaviy musobaqa. 1900 yildan buyon o‘tkazilyapti, 1979 yildan boshlab Xalqaro tennis federasiyasi shafeligida tashkil etiladi. Turli mamlakatlardan tennischilar jamoasi o‘zaro o‘ynaydi va mag‘lub jamoa musobaqani tark etadi. Kubokning joriy sohibi — Argentina termasi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:26, 04.02.2017.
O'qildi: 8244 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.