Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Devis kubogi. O‘zbekiston navbatdagi bosqichda Hindistonga raqib bo‘ldi

Devis kubogi. O‘zbekiston navbatdagi bosqichda Hindistonga raqib bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istominning muvaffaqiyatli yurishi O‘zbekiston tennis terma jamoasini norasmiy jahon chempionatida sifatida e’tirof etiladigan Devis kubogida navbatdagi bosqichga olib chiqqandi.

Bu yo‘lda O‘zbekiston termasi Janubiy Koreyada mehmon bo‘ldi. Sanjar Fayziyevning mag‘lubiyati bilan boshlangan Devis kubogida Denis Istomin ikki raqibdan ustun keldi. Shuningdek, juftlik bellashuvlarida Fayziyevni o‘z yoniga olib, koreyalik sportchilarni taslim qildi. 3:1 hisobi esa o‘zbekistonliklarning muddatidan avval g‘olib chiqqanini bildirardi.

Navbatdagi bosqichda Istomin boshchiligidagi terma jamoa Hindistonga raqib bo‘ldi. To‘qnashuv 7—9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yo‘lda hindistonliklar Yangi Zelandiya termasi bilan kurash olib bordi va xuddi O‘zbekiston singari 3:1 hisobida zafar quchishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Devis kubogining 2016 yilgi mavsumini O‘zbekiston termasi Xitoyni mag‘lub etish bilan boshlagan bo‘lsa-da, pley-off bosqichida Shveysariya termasiga imkoniyatni boy berib, jahon bosqichida ishtirok etishdan mahrum bo‘lgandi. Yakunda turnir g‘olibligi Argentina terma jamoasiga nasib qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:25, 06.02.2017.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.