Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas
22/10 15:00 Kvangju 3-1 Johor Dorul Ta'zim
22/10 15:00 Shangxay Port 3-2 Sentrel Kost
22/10 17:00 Buriram Yunayted 1-0 Poxang Stilers
22/10 17:00 Shandong Taishan 2-2 Yokogama Marinos
22/10 19:00 Istiqlol Dushanbe 0-1 Al-Vihdat
22/10 19:00 Sharja 3-1 Sepohon
22/10 21:00 Istiqlol - An-Nasr (SA)
22/10 21:00 Al-G‘arafa - Al-Vasl
22/10 21:45 Milan - Bryugge
22/10 21:45 Monako - Srvena Zvezda
22/10 23:59 Arsenal - Shaxtyor
22/10 23:59 Aston Villa - Bolonya
22/10 23:59 Jirona - Slovan
22/10 23:59 Yuventus - Shtutgart
22/10 23:59 PSJ - PSV
22/10 23:59 Real Madrid - Borussiya D
22/10 23:59 Shturm - Sporting

APL: 24-tur hayratlari

APL: 24-tur hayratlari

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasining 24-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qiziqarli o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, “Chelsi” o‘z maydonida “Arsenal” ustidan g‘alaba qozondi. “Liverpul” safarda yutqazib qo‘ydi.

Shuningdek, “Tottenhem” kichik hisobda g‘alaba qayd etgan bo‘lsa, “Manchester Siti” arang g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” esa amaldagi chempionlarni yirik hisobda taslim etdi.

“Chelsi” to‘xtamayapti

“Arsenal” jamoasi safarda “Chelsi” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va mag‘lubiyatga uchradi. Venger shogirdlari mazkur derbida g‘alaba qozonishganda keyingi o‘yinlar uchun ajoyib ruhiy ustunlikka ega bo‘lishardi. Ammo ular yana 4-o‘ringa tushib qolishdi.

4 fevral. London. "Stemford Brij" stadioni. 41490 tomoshabin.
Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).
“Chelsi” – “Arsenal” - 3:1
Gollar: Markos Alonso, 13 (1:0). Azar, 53 (2:0). Fabregas, 85 (3:0). Jiru, 90+1 (3:1).

“Liverpul” yutqazdi

“Xall Siti” jamoasi o‘z maydonida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushdi va g‘alabaga erishdi. Oldingi turda “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindagi durang tasodif emasligini isbotlagan “yo‘lbarslar” bu turda o‘z maydonida “Liverpul”ni 5-o‘ringa tushirib yuborishdi.

4 fevral. Kingston-apon-Xall. "Key Si" stadioni. 24822 tomoshabin.
Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).
“Xall Siti” – “Liverpul” - 2:0
Gollar: Ndiaye, 44 (1:0). Niasse, 84 (2:0).

Lukaku benefisi

“Bornmut” jamoasi safarda “Everton”ga qarshi o‘ynadi va dramatik o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda Romelu Lukakuto‘rtta gol urib, to‘purarlar bahsida yetikchiga aylanib oldi.

4 fevral. Liverpul. "Gudison Park" stadioni. 39026 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Jons (CHester).
“Everton” – “Bornmut” - 6:3
Gollar: Lukaku, 1 (1:0). Makkarti, 24 (2:0). Lukaku, 29 (3:0). King, 59 (3:1). King, 70 (3:2). Lukaku, 83 (4:2). Lukaku, 85 (5:2). Barkli, 90+4 (6:2). Arter, 90 (6:3).

“Tottenhem”da kichik g‘alaba

“Tottenhem” jamoasi o‘z maydonida “Midlsbro” klubiga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Qiyin kechgan mazkur o‘yinda londonliklar qattiq qarshilikka duch kelishdi, ammo yagona gol ularni ikkinchi o‘ringa olib chiqdi.

4 fevral. London. "Uayt Xart Leyn" stadioni. 31949 tomoshabin.
Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).
“Tottenhem” – “Midlsbro” - 1:0
Gol: Keyn, 58 - penaltidan (1:0).

“Man.Siti”da ham g‘alaba

“Suonsi” jamoasi safarda “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘ldi va qiyin kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Aslida “shaharliklar” ham katta qarshilikka duch kelishdi. Ammo yosh Jezusning dubli ularni 3-o‘ringa o‘ringa olib chiqdi.

5 fevral. Manchester. "Ittixod" stadioni. 54065 tomoshabin.
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).
“Manchester Siti” – “Suonsi” - 2:1
Gollar: Jezus, 11 (1:0). Sigurdsson, 81 (1:1). Jezus, 90+3 (2:1).

“Lester” — ochko ulashuvchi jamoa

“Lester” jamoasi o‘z uyida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Amaldagi chempionlar 2017 yilda durang yo g‘alaba qozonish uyoqda tursin, hali birorta gol urolgani yo‘q. Bu inqiroz barham toparmikan?

5 fevral. Lester. "King Pauer" stadioni. 32072 tomoshabin.
Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).
“Lester” – “Manchester Yunayted” - 0:3
Gollar: Mxitaryan, 42 (0:1). Ibrohimovich, 44 (0:2). Mata, 49 (0:3).

Qolgan-qutganlar

4 fevral. Vest Bromvich. "Xautorns" stadioni. 23921 tomoshabin.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).
“Vest Bromvich” – “Stok Siti” - 1:0
Gol: Morrison, 6 (1:0).

4 fevral. London. "Selxerst Park" stadioni. 25310 tomoshabin.
Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).
“Kristal Pelas” – “Sanderlend” - 0:4
Gollar: Kone, 10 (0:1). Ndong, 43 (0:2). Defo, 45+3 (0:3). Defo, 45+1 (0:4).

4 fevral. Sautgempton. "Sent-Meris" stadioni. 31891 tomoshabin.
Bosh hakam: Grem Skott (Oksfordshir).
“Sautgempton” – “Vest Xem” - 1:3
Gollar: Gabbyadini, 12 (1:0). Kerroll, 14 (1:1). Obyang, 45 (1:2). Devis, 52 – o‘z darvozasiga (1:3).

4 fevral. Uotford. "Vikarij Roud" stadioni. 20178 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).
“Uotford” – “Bernli” - 2:1
Gollar: Dini, 10 (1:0). Nyang, 45+2 (2:0). Barns, 78 - penaltidan (2:1).

Tur jazolari

24-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 37ta sariq va 1 marta qizil kartochka ko‘rsatildi.

24-tur: “eng, eng, eng...”

Eng ko‘p gol urgan futbolchi
Romelu Lukaku – 4ta (“Everton”

Eng tezkor gol
Romelu Lukaku – 1-daqiqa (“Everton” – “Bornmut”)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar
Andre Marriner – 6ta (“Kristal Pelas” – “Sanderlend”)
Entoni Teylor – 6ta (“Lester” – “Manchester Yunayted”)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar
Mark Klattenburg – 1ta (“Tottenhem” – “Midlsbro”)

Eng ko‘p tomoshabin
“Ittixod” stadioni — 54065 tomoshabin

Eng kam tomoshabin
“Vikarij Roud” stadioni — 20178 tomoshabin

Golurarlar
16ta - Romelu Lukaku (“Everton”)
15ta - Aleksis Sanches (“Arsenal”, 1), Zlatan Ibrohimovich (“Manchester Yunayted”, 1), Diyego Kosta (“Chelsi”)
14ta - Jermeyn Defo (“Sanderlend”, 5), Harri Keyn (“Tottenhem”, 4)
11ta - Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 3), Dele Alli (“Tottenhem”)
10ta - Eden Azar (“Chelsi”, 2)

Tur o‘yini
Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, “Everton” va “Bornmut” o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘yinda mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, Lukaku esa poker qayd etdi.

24-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)
24-turning eng yaxshi futbolchisi “Everton” hujumchisi Romelu Lukaku bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga poker ham yozdirib qo‘ydi.

25-tur o‘yinlari
11 fevral, shanba
“Arsenal” – “Xall Siti”, soat 17:30
“Sanderlend” – “Sautgempton”, soat 20:00
“Vest Xem” – “Vest Bromvich”, soat 20:00
“Manchester Yunayted” – “Uotford”, soat 20:00
“Midlsbro” – “Everton”, soat 20:00
“Stok Siti” – “Kristal Pelas”, soat 20:00
“Liverpul” – “Tottenhem”, soat 22:30
12 fevral, yakshanba
“Bernli” – “Chelsi”, soat 18:30
“Suonsi” – “Lester”, 21:00
14 fevral, seshanba
“Bornmut” – “Manchester Siti”, soat 01:00

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 11:41, 06.02.2017.
O'qildi: 5714 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.