Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Bosh maqsad — Surxondaryo futboli nufuzini ko‘tarish

Bosh maqsad — Surxondaryo futboli nufuzini ko‘tarish

Baho:
+ | -

Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida vohada futbol ommaviyligini oshirish va  yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat madaniyat va sport boshqarmasi, futbol federasiyasi, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, tuman hokimliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov ochdi va olib bordi.

— Surxondaryo azaldan iste’dodli va mahoratli futbolchilarga boy, — dedi Erkinjon Oqbo‘tayevich. — Ammo oxirgi yillarda viloyatda bu sohada amalga oshirilgan ishlarni qoniqarli baholab bo‘lmaydi. Viloyat futbol federasiyasi ishini tanqidiy tahlil qilib zarur choralar ko‘rishni davr talab etmoqda. Surxondaryolik o‘nlab iste’dodli futbolchilar bugun oliy liganing bir qator klublari va mamlakat o‘smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari sharafini himoya qilayotgan bir pallada viloyatda na ikkinchi liga va na viloyat kubogi uchrashuvlari o‘tkazilmayotganligini oqlab bo‘lmaydi. Bolalar ligasi haqida gapirish esa ortiqcha. Viloyatda futbol muxlislar ko‘p. Yangi-yangi iste’dodlar sport maktablarida tarbiyalanmoqda. Ammo ularning voyaga yetgandan so‘ng jamoa topa olmay ora yo‘lda yo‘qolib ketayotganlari ham yo‘q emas. Shularni hisobga olgan holda viloyatning bosh jamoasi — “Surxon” (Termiz) futbol klubini tashkil qildik. “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) jamoasining sport bazasi talabga javob bermaganligi tufayli uning o‘rniga birinchi ligada “Surxon” futbol klubi qatnashadi. Jamoa uy uchrashuvlarini Termizdagi “Alpomish” stadionida o‘tkazadi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun Termiz shahrida barcha shart-sharoitlar yaratish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Yig‘ilishda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, shu kungacha viloyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti vazifasida ishlab kelgan Erkin Boqiyev o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga mamlakatimizning “To‘palang” (Sariosiyo), “Buxoro”, “Surxon” (Termiz) jamoalarida o‘ynagan, oxirgi paytda Sariosiyo tuman BO‘SMida murabbiy-o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Najmiddin Meliqulov viloyat futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti etib tayinlandi.

Turli yillarda “Nasaf” (Qarshi), “Qizilqum” (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan Erkin Xolboboyev “Surxon” professional futbol klubi Ijrochi direktori, “Mash’al” (Muborak), “Norin” (Haqulobod) jamoalarida faoliyat ko‘rsatgan mutaxassis Vali Keldiyev esa “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:25, 06.02.2017.
O'qildi: 8350 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.