Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ro‘ziqul Berdiyev: “Raqibimizni o‘rganishda, chempionatdagi o‘rniga e’tibor qaratmadik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Raqibimizni o‘rganishda, chempionatdagi o‘rniga e’tibor qaratmadik”

Baho:
+ | -

“Al-Fatih” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda hujumchimiz Dragan Cheranlar ishtirok etishdi.

-Avvalo assalomu alaykum. Ertangi o‘yin biz uchun murakkab o‘yin. Ertaga biz Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri bilan bahs yuritamiz. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo‘lajak o‘yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g‘alaba uchun harakat qilamiz. “Al-Fatih” jamoasining bir necha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Jamoa kuchli tarkibga ega, futbolchilar himoyada ham, hujumda yaxshi harakat qilishadi. “Al-Fatih”ga qarshi tayyorgarlikda, raqibimizning ichki chempionatdagi egallab turgan o‘rniga e’tibor bermadik, chunki ertaga boshqa musobaqa uchrashuvi bo‘ladi. “Al-Fath”da jamoaviy o‘yin ham, o‘yinchilarining individual mahorati ham yuqori. Biz bularni hammasini e’tiborga olib, futbolchilarimizga ko‘rsatmalar berib borayapmiz va shu asnoda bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. “Al-Hidd” bilan “Al-Fath” o‘rtasida katta farq bor, biz ertaga faqat hujumni o‘ylamasdan, himoyani ham esdan chiqarmasligimiz kerak. Ob-havo? To‘g‘risi, biz bunday qo‘lay ob-havoni kutmagan edik. Hozir, bu yerdagi ob-havo xuddi o‘zimizni yurtimizdagidek ekan. Faqat qor yo‘q ekan (kulib). To‘g‘ri, bizda milliy chempionatimiz hali boshlanmadi. Ammo biz bu uchrashuvlarga  ko‘pdan buyon tayyorgarlik ko‘rib kelayapmiz, shuningdek rasmiy uchrashuvgacha bir qator kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazdik. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz yetarli o‘yin amaliyotiga ega. Endi albatta “Al-Fatih”  ichki chempionatda ketma-ket o‘yinlar o‘tkazib kelayapti. Ammo ertaga bo‘ladigan saralash, bir o‘yindan iborat. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz, - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

-Men uchun Saudiya futboli begona emas. Avval bu mamlakat chempionatida o‘ynaganman. “Al-Fatih” jamoasiga ham qarshi to‘p tepganman. Bu jamoada kuchli legionerlar qatori, doimo katta mahoratga ega mahalliy o‘yinchilar ham bo‘lgan. Ertaga biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Buning uchun kurashga tayyormiz,-deydi Dragan Cheran.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:14, 06.02.2017.
O'qildi: 13610 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик