Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

“Al-Fatih” – “Nasaf” va “Al-Jayish” – “Bunyodkor” o‘yini prevyusi

“Al-Fatih” – “Nasaf” va “Al-Jayish” – “Bunyodkor” o‘yini prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekistonning ikki klubi – Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining guruh bosqichiga chiqish maydonga tushadi.

OCHL–2017 turnirini o‘tish bosqichida boshlab, Bahrayn chempioni “Al-Hidd”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Qarshining “Nasaf” jamoasi Saudiya Arabistonida “Al–Fatih” mehmoni bo‘ladi. Mazkur bellashuv g‘olibi “B” guruhiga yo‘l oladi va “Istiqlol Huziston” (Eron), “Lahviya” (Qatar) hamda “Al-Jazira” (BAA) klubilari bilan kuch sinashadi. “Nasaf” ishtirokidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi va Sport telekanali orqali jonli ravishda namoyish etiladi.  

Uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbilari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Al-Fatih” ustozi Fathi Al Jabal: “Nasaf”ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, uchrashuvda maydonga tushishi kerak bo‘lgan tarkibimizni aniqlab, ularni har tomonlama  o‘yinga tayyorladik. Bizning maqsadimiz g‘alaba qozonib, OCHL guruh bosqichiga chiqish. “Nasaf”ni har tomonlama o‘rganib chiqdik, jamoa OCHL musobaqalarida katta tajribaga ega. Shunday bo‘lsa-da, biz o‘z maydonimizda – muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz. O‘ylaymanki, bizga bu qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev: “Al-Fatih” Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo‘lajak o‘yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g‘alaba uchun harakat qilamiz. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz.  

 “Al-Fatih” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O‘zbekiston)

7 fevral, 2017. Al-Ahsa. “Abdulla Bin Jalavi” stadioni, 20:00
Bosh hakam: Ko Xyuing Jin (Janubiy Koreya);
Qanot hakamlari: Park Sangjun, Song Bonkyun (har ikkisi Janubiy Koreya);
Zaxira hakami: Kim Vusang (Janubiy Koreya);
Hakamlar nazoratchisi: Abdul Karim Said Husayniy (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Kemel Tukabayev (Qirg‘iziston).

Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Qatarda “Al-Jayish” bilan kuch sinashadi. Toshkentliklarning O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov to‘p surayotgan Qatar klubiga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi. Ushbu o‘yin Sport telekanalida kechki dasturda yozib olingan holda namoyish etiladi. “Al-Jayish” – “Bunyodkor” o‘yini g‘olibi “C” guruhida “Al-Ahliy” (Saudiya Arabistoni) “Zob Ohan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) klublariga ro‘baro keladi.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari fikrlari:

“Al-Jayish” bosh murabbiyi Sabri Lyamushi: “Bunyodkor” haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Bu jamoa Osiyoning yetakchi klublaridan biri. Jamoa yosh futbolchilardan tashkil topgan. “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Al-Jayish” kurashga tayyor. Chempionatdagi ishlarimiz yurishmayotan bo‘lsa-da, Osiyo Chempionlar Ligasiga bu jihat ta’sir o‘tkazmaydi. Biz uyda o‘ynaymiz. G‘olib esa bitta o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Shunday ekan, “Al-Jayish”da kichik ustunlik bor va bundan foydalanishga harakat qilamiz.

“Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan:  Pley-off uchrashuvini ilk bor safarda o‘tkazyapmiz. Fikrimcha, bu jihat bizga qo‘shimcha muammolar to‘g‘dirmaydi. “Bunyodkor” mehmonda o‘ynashni juda yaxshi biladi. Imkoniyatlar teng. Bo‘lajak bahsga maxsus reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Jami 12 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdik va jamoani yanada shakllantirdik. Qo‘l ostimdagilar Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi qadrini juda yaxshi tushunadi va buni yaxshi his etib turishibdi. Biz bahsga tayyormiz.

“Al-Jayish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O‘zbekiston)

7 fevral, 2017. Doha. “Abdulloh bin Xalifa” stadioni, 20:15
Bosh hakam: Adham Makhadmeh (Iordaniya);
Qanot hakamlari: Ahmad Al Roalle, Issa Mahmud Al Amavi (ikkalasi Iordaniya);
Zaxira hakami: Murod Ahmad Al Zavahreh (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan).

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:56, 07.02.2017.
O'qildi: 8495 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.