Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Navbahor" nazorat o‘yinida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

"Navbahor" nazorat o‘yinida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

“Navbahor” nazorat o‘yinida Qozog‘istonning “Maxtaorol” klubi bilan bahs olib bordi.

O‘yin davomida ustunlikka erishgan namanganliklar yakunda 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Nemanya Yovanovich va Mansur Saidov chiroyli kombinasiya tashkil etgach, serbiyalik hujumchi hisobni ochdi.

Bo‘lim o‘rtalarida Oybek Qilichev qizil kartochka olib maydonni tark etgach, tomonlar kelishuviga ko‘ra yarim himoyachi o‘rniga Azizbek Turg‘unboyev maydonga tushdi. Tanaffusga oz vaqt qolganida “Maxtaorol” futbolchilari o‘rtadagi muvozanatni tiklashga erishdi.

Ikkinchi bo‘limda namanganliklar gol urish uchun bir qator xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Urinishlar o‘yin oxirida o‘z samarasini berib, zaxiradan maydonga tushgan Ro‘zimboy Ahmedov “dubl” qayd etdi. Dastlab Ahmedov Abdulaziz Sultanov oshirib bergan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan bo‘lsa, ikkinchi golini penaltidan urdi.

Uchrashuvni «Navbahor» quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Akmal Ortiqov, Abbos Otaxonov, Jahongir Mehmonov, Tohir Shamsitdinov, Alisher Samatov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Mirzohid G‘ofurov, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich. Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, Azizbek Turg‘unboyev, Ro‘zimboy Ahmedov, Hasanboy Ergashev, Timur Tolipov, Abdulaziz Sultanov, Ilhom Boydedayev, Alisher Mirzayev.

Bu safargi o‘yinda ham G‘iyos Komilov kichik jarohat tufayli maydonga tusha olmagan bo‘lsa darvozabon Asilbek Omonovga murabbiylar dam berishga qaror qilishdi. “Navbahor” navbatdagi nazorat o‘yinini 9 fevral kuni Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qarshi o‘tkazadi. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:38, 07.02.2017.
O'qildi: 5460 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик