Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

“Qo‘qon-1912” – “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” g‘olibi!

“Qo‘qon-1912” – “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” g‘olibi!

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" Farg‘ona viloyati hokimi kubogida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu musobaqada 13 yillik an’ana barham berildi. So‘nggi o‘n uch yildan beri “Neftchi” mazkur turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib kelardi.

Uchrashuvni qo‘qonliklar faol tarzda boshlashdi. 13-daqiqada Bahodir Pardayev jarima maydonchasiga kirmay zarba berishga qaror qildi. Uning zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi.

19-daqiqada qo‘qonliklar ijrosida ajoyib kombinasiya. Suhrob Berdiyevning qaysi uslubida tepgan to‘pi sal noaniq bo‘ldi.

23-daqiqada Filip Rayevasning boshi bilan bergan zarbasini farg‘onaliklar posboni arang qaytarib qoldi.

27-daqiqada hisob ochildi.  Qo‘qonliklarning tashkil etilgan navbatdagi kombinasiyasi Suhrob Berdiyevning goli bilan yakunladi.

34-daqiqada Bahodir Pardayevning jarimadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni Valentich boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. Serbiyalik himoyachining zarbasi noaniq chiqdi.

Birinchi bo‘lim shu hisobda yakun topdi.

Ikkinchi bo‘limni xuddi birinchi taymdagi kabi  “Istiqlol” vakillari biroz faol boshlashdi.

Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun “FarDU” stadioniga uch mingdan ortiq muxlis tashrif buyurganini e’tirof etish joiz.

76-daqiqada jamoamizning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlandi. Bu safar ham Suhrob Berdiyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Shunday qilib qo‘qonliklar bosh sovrin sohibiga aylandi.

 “Farg‘ona viloyati hokimi Kubogi-2017”

Final

“Qo‘qon-1912-1” (Qo‘qon) – “Istiqlol”  (Farg‘ona) – 2:0 (1:0)

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxruh A’zamov, Qahramon Sobirov, Aziz Tolipov.

Nazoratchi: Erkin Oripov

Gollar: Suhrob Berdiyev-27, 76.

“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Akmal Xolmurodov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (19. Muhammadanas Hasanov-80), 15. Oybek Rustamov (70. Sobir Hamidov-84), 26. Bahodir Pardayev (28. Avaz Mamatxo‘jayev-71), 29. Aleksandr Merzlyakov,  55. Murod Xolmuhammedov, 83. Nikola Valentich (5. Jalil Kimsanov-85), 90. Suhrob Berdiyev, 99. Filip Rayevas (25. Andrey Sidorov-67).

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 31. Darko Gojkovich.

“Istiqlol”:  89. Doniyor Usmonov, 2. Aziz Madaliyev, 16. Karim Mamadaliyev, 8. Akmali Rahimzoda, 11. Jamshid Hoshimov (19. Abduxoliq Qurbonov-77), 4. Xayrullo Madaminov, 6. Abdulla Jo‘raboyev (17. Doston Tursunzoda-72), 10. Davlat Yorbekov (13. Alisher Fayzullayev-59), 77. Hoshim Shokirov ((9. Sharif Mirzayev-66), 15. Muhammadsulton Fozilov, 5. Bobur Aminjonov.

Zaxira: 12. Kazbek Ortiqboyev, 3. Davron Qoraboyev, 14. Doston Bobojonov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:10, 07.02.2017.
O'qildi: 4508 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.