Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Luis Suaresning qizil kartochkasi yuzasidan CAS'ga murojaat qilishga tayyor

«Barselona» Luis Suaresning qizil kartochkasi yuzasidan CAS'ga murojaat qilishga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati "Atletiko"ga qarshi Ispaniya kubogining yarim final javob o‘yinida Luis Suaresga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish yuzasidan jiddiy ishga kirishdi.

Urugvaylik futbolchi bahsning 90-daqiqasida to‘p uchun kurashda qo‘li bilan raqibning yuziga tekkani bois maydondan chetlatilgandi. Suaresning o‘zi va klub vakillari bu vaziyatda futbolchi ataylab zarba berish maqsadida harakat qilmaganini ta’kidlashmoqda.

Dastlab «Barselona» futbolchining chetlatilishi yuzasidan Ispaniya futbol federasiyasiga shikoyat beradi. Agar jamoa talabi qondirilmasa, kataloniyaliklar Federasiyaga apellyasiya tartibida murojaat qiladi. Shunda ham «Barselona»ga rad javobi berilsa, klubi Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga chiqdi va unda «Alaves»ga qarshi bahs olib boradi. Luis Suaresning qizil kartochkasi bekor qilinmasa, futbolchi finalda ishtirok eta olmaydi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:19, 09.02.2017.
O'qildi: 8662 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик