Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

«Barselona» Shveysariyada «Bazel»ni tor-mor keltirdi

«Barselona» Shveysariyada «Bazel»ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Shveysariyaning «Bazel» klubini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Bazeldagi «Sankt-YAkob Park» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Hisob 34-daqiqada Karim Adeyemi tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Jan Dukure «Bazel»ning javob golini urdi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Hamza Abdelkarim «Barselona»ni yana oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Lamin Yamal penaltidan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Kazim Olaygbe 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, farqni qisqartirdi.

Uchrashuv so‘nggida «Barselona» futbolchisi Jesse Bisivu o‘zini ko‘rsatdi. U 89 va 90+1-daqiqalarda ketma-ket ikki gol urib, yakuniy hisobni belgiladi — 2:5.

Shu tariqa, Hansi Flik shogirdlari mavsumoldi tayyorgarligida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar keyingi sinov uchrashuvida 19 avgust kuni Joan Gamper kubogi doirasida «Al-Ahli»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:41, 16.08.2026.
O'qildi: 1993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик