«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum so‘ngida klubni tark etish borasida klub rahbariyati bilan kelishib oldi, deya xabar tarqatdi Calciomercato.com.
Tomonlar bu borada bir-birlariga e’tiroz bildirmaydilar hamda shunchaki o‘zaro hamkorlikni to‘xtatadilar. Marchello Lippi davridan beri turinliklar boshqaruvidagi birorta murabbiy 3 mavsumdan ortiq ishlamagan.
«Yuventus» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida Paulu Souza («Fiorentina») va Luchano Spalletti («Roma») tilga olinmoqda.