Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

APL 25-tur. Markaziy uchrashuv: "Liverpul" – "Tottenhem"

APL 25-tur. Markaziy uchrashuv: "Liverpul" – "Tottenhem"

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 25-turida, ko‘plab muxlislarning e’tibori “Liverpul” va “Tottenhem” jamoalari o‘rtasidagi bahsga qaratiladi.

Mazkur prevyuda jamoalarning bu o‘yinga qanday holda yetib kelganini va bu bahs tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

“Tottenhem” (50 ochko, 2-o‘rin).

Ayni dam turnir jadvalida yetakchi “Chelsi”ning asosiy taqibchisi bo‘lib turgan Maurisio Pochettino shogirdlari 9 turdan buyon mag‘lubiyatga uchragani yo‘q va bor yo‘g‘i ikkita o‘yinda (“Manchester Siti” va “Sanderlend”) ochko yo‘qotishdi xolos. Qolgan yettita g‘alabalar orasida esa “Chelsi”ning ham mag‘lub etilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Undan tashqari, londonliklar Angliya kubogida ham ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonishga ulgurishdi. APLning turnir jadvalida esa “Tottenhem” 50 ochko bilan 2 pog‘onani egallab turibdi.

Jamoa yana bir jihat bo‘yicha ham Angliyada yetakchilik qilmoqda, ya’ni klub 24ta o‘yinda bor yo‘g‘i 16 marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan.

“Tottenhem” mehmondagi o‘yinlarda qayd etgan natijalari bo‘yicha ham eng yaxshi natijaga ega (“Chelsi” bilan birga). Klub raqib maydonida o‘tgan 12ta uchrashuvning bor yo‘g‘i 2tasida mag‘lub bo‘lgan. Shunda ham APLning yetakchi jamoalariga, ya’ni “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ga. Mehmonda urilgan gollar nisbati esa 18ga 11 “Tottenhem” foydasiga. Shuningdek, jamoa raqib maydonida o‘tgan 12 o‘yining faqat 3tasidagina raqib darvozasini ishg‘ol eta olmagan (etakchi “Chelsi” 2ta o‘yin).

“Liverpul” (46 ochko, 5-o‘rin).

 

Mersisaydliklar haqida gapiradigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda ularning ishi yurishmayapti. “Liverpul” bundan to‘rtta tur oldin turnir jadvalida ikkinchi pog‘onani egallagan va “Chelsi”dan bor yo‘g‘i 5 ochko ortda qolayotgan edi. Biroq, Yurgen Klopp shogirdlari mana 5 tur o‘tibdiki, g‘alaba qozona olmayapti va turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu ham yetmagandek, mersisaydliklar Angliya kubogida, chempionshipda qatnashayotgan jamoa “Vulverxempton”ga ham imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi. Angliya Liga kubogida esa “Sauthempton” mazkur jamoa yurishini to‘xtatdi.

“Liverpul”ning yana bir kamchiligi - uchrashuvning so‘nggi daqiqalari bo‘lib qolmoqda. Sababi, klub 90 daqiqa yuqori tempni ushlab qola olmayapti. “Hall Siti”dan 84, “Sautgempton”dan 90, “Suonsi”dan 79, “Manchester Yunayted”dan 84, “Sanderlend”dan 84-daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar jamoaning nozik nuqtasi qayerda ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi borasida jamoada kamchiliklar borligidan dalolat beradi.

Lekin o‘zaro o‘yinlarga nazar tashlasak, so‘nggi 5 yil ichida “Tottenhem” mersisayd klubini hali mag‘lub eta olganicha yo‘q. Ya’ni 11 uchrashuvda 7ta mag‘lubiyat va 4ta durang. Balki, endi Pochettino bu qora an’anaga barham bera olar. Har xolda jamoa chempionlik poygasida “Chelsi”ning asosiy raqobatchisi bo‘lib turibdi.

O‘zaro uchrashuvlar: 165 ta

G‘alabalar: 76ta (“Liverpul”) – 47ta (“Tottenhem”). 42ta durang.

Gollar: 257ta (“Liverpul”) – 187ta (“Tottenhem”)

Eng yirik g‘alabalar: 7:0 (“Liverpul”) – 7:2 (“Tottenhem”)

Mazkur uchrashuvni UZREPORT kanalida Toshkent vaqti bilan 22:30da jonli efirda tomosha qiling.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 12:49, 10.02.2017.
O'qildi: 5212 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.