Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Andrey Karyaka: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Andrey Karyaka: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaning “Amkar” klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng rossiyaliklar katta murabbiyi Andrey Karyaka o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin yaxshi kurashlar ostida kechdi. Jamoamiz bir nechta golli vaziyatlarni yaratdi, ammo ulardan foydalana olmaganimiz pand berdi.

Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ammo gol ura olmadik. Kostyukovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan Yanush Gol foydalana olmadi (Lobanov zarbani qaytardi — stadion.uz). Ushbu vaziyatdan keyin o‘z jarima maydonchamiz ichida to‘pni yo‘qotdik va raqib futbolchisi "to‘qqizlik"ni nishonga oldi. To‘p to‘singa tegib, darvozaga kirdi.

Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlay olmadik. Keyin esa o‘yinni tenglashtirdik. Raqib darvozasi oldida bir nechta vaziyatlar yaratdik: birga-bir vaziyatdan foydalana olmadik, Komolov deyarli bo‘sh darvozaga zarba berdi, ammo himoyachiga tegdi. Shuningdek, Salugin va Golda vaziyatlar bo‘ldi. O‘yinni yomon o‘tkazmadik, lekin yakuniy pallada futbolchilarimiz aniq harakat qila olishmadi", - deya o‘yinga sharh berib o‘tdi Karyaka.

Manba: fc-amkar.org
Kiritildi: 00:12, 11.02.2017.
O'qildi: 8505 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик