Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kasado "Barselona" qaroridan jahli chiqdi

Kasado "Barselona" qaroridan jahli chiqdi

Baho:
+1 | -

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado o‘zining sevimli raqamidan mahrum bo‘ldi.

Avval 22 yoshli "ko‘k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisiga tegishli bo‘lgan 17-raqamli futbolka endi jamoaning yangi a’zosi Entoni Gordonga berildi. La Ligada e’lon qilingan yangi raqamlar ro‘yxatida ham Gordon 17-raqam bilan qayd etilgan.

Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, Kasado klubning uning raqamini boshqa futbolchiga berish qaroridan qattiq xafa bo‘lgan. Ispaniyalik yarim himoyachi kelasi hafta o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda. Unga Saudiya Arabistoni va Turkiya klublaridan takliflar bor.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kasadoning "Barselona"dan ketish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Futbolchiga Saudiya Arabistonidan ham jiddiy qiziqish mavjud.

Mark Kasado "Barselona" asosiy jamoasi safida 75 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Entoni Gordon esa joriy yozda "Nyukasl"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi. Angliyalik futbolchining transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etdi.

Kiritildi: 11:27, 23.08.2026.
O'qildi: 2996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик