Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Emeri uchun “Barselona” bilan bahsdan oldingi 5 boshqotirma

Emeri uchun “Barselona” bilan bahsdan oldingi 5 boshqotirma

Baho:
+ | -

“Bordo”ga qarshi bahs, parijliklar uchun Chempionlar Ligasi nimchorak finali birinchi uchrashuvi oldidan so‘nggi tayyorgarlik uchrashuvi bo‘ladi. Mavsumning eng muhim uchrashuvi oldidan bosh murabbiy oldida jiddiy boshqotirmalar paydo bo‘lgan. France Football nashri Unay Emeri oldida turgan ushbu boshqotirmalarni eslab o‘tdi.

Trapp mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyormi?

Seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi bahsda Kevin Trapp parijliklar darvozasini qo‘riqlashi kutilmoqda. 2015-yilda germaniyalik darvozabon jamoaga qo‘shilganidan beri murabbiy ishonchini qozonishda qiyinchilikka duch kelmoqda. “PSJ”ning musobaqadagi taqdiri aynan Trappning ko‘rsatadigan mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Kataloniyaliklarga qarshi ikki bahs darvozabonning o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishi mumkin.

Serj Orye yoki Tomas Mone ?

“Evro – 2016”da Belgiya termasi bilan ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Monening o‘z o‘yinini bu darajada kuchaytira olishini ko‘pchilik kutmagani aniq. Serj Oryening “Bordo”da ko‘rsatadigan o‘yini bevosita o‘ziga ta’sir qiladi. Jamoa ustozi Unay Emeri seshanbagacha bu mavzuda ham yaxshigina bosh qotirishi kerak bo‘ladi.

Kurzava yoki Maksvell?

Chap qanot himoyasida ham ayni masala. Shu yilda 36 yoshga to‘ladigan Maksvellga o‘rinbosar sifatida olib kelingan Leyvin Kurzava bosh murabbiyning ishonchini to‘liq qozona olmayapti. Jarohatlar fransiyalik himoyachiga o‘zini ko‘rsatishga imkon bermayapti. Chempionlar Ligasida “Bazel”ga qarshi ikki bora maydonga tushgan Kurzavaning ishlari ko‘ngildagidek emas. Biroq, Maksvell ham ilgarigidek emas, jamoasining hujumlarini qo‘llab-quvvatlashda qiynalmoqda. So‘nggi tanlov Unay Emeri uchun haqiqiy bosh og‘ig‘i bo‘lishi aniq.

Tiago Mottasiz qolgan jamoa

Seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun Unay Emeri Tiago Mottani “Bordo”ga qarshi bahsda zahirada qoldirgani ma’qul edi. Boisi, Tiago Motta “Barselona”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berolmaydi. Krixovyak o‘yinga hali 100 % tayyor emas. Chempionlar Ligasi bahsida Tiago Mottaning o‘rnini Adriyen Rabyo egallashi kutilmoqda. Unga Matyuidi va Verratti yordam beradi.

Lukas Moura yoki Di Mariya ?

Hujumda Edinson Kavanining o‘rni haqida tortishish kerak emas. Yanvar oyida jamoaga kelib qo‘shilgan Yulian Draksler ham jamoaga ancha moslashib oldi. U ham asosiy tarkibda tushish imkoniyatini orttirib olgan. Kataloniyaliklar posboni Ter Shtegenga muammo tug‘dirishi kerak bo‘lgan uchinchi hujumchi kim bo‘ladi ? Lukas Moura yanvar oyida yaxshi ko‘rsatkichlarga ega deyishimiz mumkin. Anxel di Mariya ham yangi raqobatchi kelgach o‘ziga kelgandek. O‘z salohiyatini namoyish etishga harakat qilmoqda. Unay Emeri asosiy tarkib ustida jiddiy bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:17, 11.02.2017.
O'qildi: 9767 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.