Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

O‘zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig‘ini yakuniga yetdi

O‘zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig‘ini yakuniga yetdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini yakunladi.

Terma jamoa yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

11 fevral kuni esa O‘zbekiston termasi Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o‘yinda terma jamoa bosh murabbiyi asosan yoshlarni sinovdan o‘tkazdi.

Qayd etish joiz, oilaviy sabablarga ko‘ra Ignatiy Nesterov Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi. “Alashkert” bilan o‘yinda esa “Metallurg” posboni Suhrob Sultonov terma jamoa darvozasini qo‘riqladi.

Mazkur yig‘in O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCH–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Bundan avval terma jamoa  21–24 yanvar kunlari BAAda yig‘in o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 15:21, 12.02.2017.
O'qildi: 7641 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик