«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl jarohatidan tiklanib bormoqda.
Bugun futbolchi madridliklarning umumiy guruhi bilan birga shug‘ullandi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Beyl noyabr oyi oxirida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. U Chempionlar ligasidan o‘rin olgan, «Napoli» (7 mart) klubiga qarshi nimchorakfinalning javob o‘yinida maydonga tushishi mumkin.