"Milan" klubi "Borussiya" D hujumchisi Pyera-Emerik Obameyyangni jamoaga qaytarib olib kelmoqchi, deya xabar beradi Tuttosport.
Xabarga ko‘ra, milanliklar ushbu transferni xitoylik investorlarning mablag‘iga olib kelmoqchilar.
Gabonlik futbolchi "Milan" akademiyasi bitrivchisi hisoblanadi, ammo u bir marta ham rosoneri asosiy tarkibida o‘ynamagan va 2011 yilda klubni tark etgan.
Obameyang Bundesliganing ushbu mavsumida 18ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan.