Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Lushchan: «Shomurodov, Hamdamov va Shukurovni negadir «yulduz» darajasiga ko‘tarib yuborishdi»

Lushchan: «Shomurodov, Hamdamov va Shukurovni negadir «yulduz» darajasiga ko‘tarib yuborishdi»

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” klubi OCHL sralashida Qatarning “Al-Jayish” jamoasini mag‘lub etib, guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mavsumni ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan “Qaldirg‘ochlar” 13-fevral kuni o‘z muxlislari va matbuot vakillari uchun ochiq muloqot ko‘rinishidagi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda klub bosh direktori Baxtiyor Boboyev, bosh murabbiy Sergey Lushchan hamda “Bunyodkor” stadioni direktori Vohid Zokirov ishtirok etdi.

Birinchi bo‘lib so‘z olgan Baxtiyor Boboyev “Bunyodkor” jamoasining yosh va iqtidorli a’zolari, jumladan: Eldor Shomurodav, Dostonbek Hamdamov hamda Otabek Shukurovning keyingi taqdiri haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: – Hozirgi kunda ko‘plab futbolchilarimizga horij klublaridan takliflar bor. Men buni yashirib o‘tirmayman. Masalan, Eldor Shomurodovga, Dostonbek Hamdamovga va Otabek Shukurovga bir qancha chet el jamolaridan qiziqish mavjud. Agarda har tomonlama ma’qul takliflar bo‘lsa biz ularni transfer qilishimiz mumkin. Chunki futbolchilar o‘sishda davom etishlari kerak – dedi Boboyev.

O‘z o‘rnida “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan ham mazkur masalaga bo‘yicha fikrlarini bildirdi. – Haqiqatdan ham tarkibimizdagi yetakchi futbolchilar bo‘lgan Shomurodov, Hamdamov va Shukurovga turli jamoalar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Mening nazarimda ular hali to‘liq futbolchi bo‘lib shakllanib ulgurishmadi. Lekin, shunday bo‘lsada ular bugungi kunda “yulduz” darajasiga ko‘tarilib ketdi. Balki bu to‘g‘ridir chunki bu futbolchilar klubda ham terma jamoada ham o‘z o‘rinlariga ega bo‘lib ulgurdilar. Lekin, ularda yanada rivojlanish va o‘sish imkoni bor. Agar, kelajakda ular jamoani tark etishsa menimcha bu juda katta muammo bo‘lmaydi. Chunki bizda klub akademiyasining faoliyati evaziga yosh va iqtidorli futbolchilarning katta ro‘yxati bor – deb aytib o‘tdi Sergey Lushchan. Shuni aytib o‘tish kerak, OCHL turnirida jamoa bu yil o‘z oldiga eng kamida guruh bosqidan chiqishni maqsad qilib qo‘ygan.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:00, 14.02.2017.
O'qildi: 11351 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.