Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Chempionlar Ligasi – «Barselona» eng kuchli jamoa ekanligini isbotlashi uchun imkoniyat

Chempionlar Ligasi – «Barselona» eng kuchli jamoa ekanligini isbotlashi uchun imkoniyat

Baho:
+ | -

La Ligada peshqadamlik qilmayotgani va Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi emasligiga qaramay Lionel Messining «Barselona»si optimal formada bo‘lganda hozir ham jahonning eng kuchli jamoasidir. Buni isbotlash uchun esa «ko‘k-anorranglilar» oldida Chempionlar Ligasiday ajoyib imkoniyat mavjud.

«Barsa» so‘nggi sakkiz mavsumdan oltitasida La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi, Luis Enrike qo‘li ostida esa bu ishni ketma-ket ikki marta uddaladi. Ushbu mavsumda esa kataloniyaliklar ashaddiy raqiblari «Real»dan 1 ochkoga ortda bormoqda, bunda madridliklar ikkita kam o‘yin o‘tkazgan.

La Liga doriasidagi bir qator o‘yinlarda, jumladan, «Malaga», «Vilyarreal» va «Betis» bilan durang o‘ynalgan bahslarda amaldagi chempionlarga hakamlarning xatolari xalal bergan bo‘lsa-da ular o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatgandi deyish ham qiyin. Yozda kelgan yangi futbolchilarning moslashishi qiyin kechdi, Buskets va Inestaning jarohatlari yana qo‘shimcha muammolar taqdim etdi. Biroq «Barselona» barcha asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushganda juda kuchli jamoaga aylanishini hech kim inkor etmaydi.

«Bu hozir ham jahonning eng kuchli jamoasidir. Jahonning eng kuchli besh futbolchisidan uch nafari ularning hujum chizig‘idan o‘rin olgan. Bundan tashqari, Inesta bor. Messi, Neymar va Inesta istalgan soniyada yangi harakat o‘ylab topa oladi», – dedi kataloniyaliklarga Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalida raqiblik qiladigan «PSJ»ning italiyalik yarim himoyachisi Marko Verratti.

Jamoaning so‘nggi o‘yinlaridan ba’zilari ko‘ngildagidek chiqmagan bo‘lishi mumkin, biroq «PSJ»ga qarshi bahs kataloniyaliklarning 2017-yilda 41 kun ichida o‘tkazadigan 13-o‘yini ekani esga olinsa, bu tushunarlidir. «Real» barqarorlik va tarkibning kengligi evaziga La Liga peshqadamligini saqlab qolishni uddalayotgan va amaldagi Yevropa va jahon chempioni hisoblansa-da, hozirda hech bir raqib duch kelishni istamayotgan jamoa aynan «Barselona»dir.

«Ko‘k-anorranglilar» ushbu mavsumda Ispaniya Qiroli Kubogi finaliga chiqib bo‘ldi, La Liga poygasida ham hali taslim bo‘lgani yo‘q. Chempionlar Ligasida esa o‘tgan mavsumda chorak finalda to‘xtaganining alami bilan ushbu mavsumda yana g‘oliblik uchun kurashmoqda. O‘tgan mavsumda «Atletiko»ga qarshi bahslarda MSN uchligining charchog‘i katta rol o‘ynaganidan kelib chiqib ushbu mavsumda Enrike asosiy futbolchilarni muhim o‘yinlarga tetik holda olib borishga harakat qilyapti.

Messi o‘zining eng tajovuzkor formasida va Inesta jarohatlardan holi bo‘lganda «Barselona» Yevropaning eng kuchli jamoasiga aylanadi. Jamoa 2006-yilda Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritib, hozirgi «oltin davri»ni boshlagan Parij shahri esa buni amalda ko‘rsatish uchun eng munosib joydir.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:06, 14.02.2017.
O'qildi: 9146 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.