Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

“Barselona” Umtiti bilan hali yutqazmagan edi

“Barselona” Umtiti bilan hali yutqazmagan edi

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “PSJ”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda tushgan Samyuel Umtiti kataloniyaliklar jamoasiga ajoyib tarzda moslashib ketdi. Ayniqsa, baxt keltiruvchi tumor misolida.

Boshida unga nisbatan barchada shubha bor edi. U buni uddalay olmaydi, unga moslashish uchun vaqt kerak. Oldida katta to‘siqlar bor, vkz. Samyuel keskin burilishlarni yaxshi ko‘radignlar toifasidan.

Dastlab, u “Evro – 2016”ga bormasligi kerak edi. Faqatgina Mamadu Sakoning doping bilan bog‘liq mashmashalaridan keyin diskvalifikasiyaga uchrashi, Rafael Varan va Jeremi Matyo‘larning jarohatlari unga musobaqa eshiklarini ochgan edi. Ushbu musobaqadagi ilk uchrashuvini himoyachi chorak final bahsida boshladi. Debyut omadli chiqdi. Hafta esa ko‘tarinki o‘tdi. 3 kun o‘tib fransiyalik himoyachi La Liganing amaldagi chempionlari safiga qo‘shildi.

Matyo, Vermalen yoki Bartra omadsizlikka uchragan klubda, uning omadi chopdi

“Real” Madridga raqiblik qiladigan, har yili Chempionlar Ligasida g‘oliblik uchun kurashadigan, markaziy himoyachi roliga faqat eng kuchlilarga joy beradigan klubda u muvaffaqiyatga erishmoqda. Jerar Pike, Xaver Maskerano bunga namuna. Raqobatdoshlari orasida Umtiti ham o‘ziga joy topa oldi.

Mavsum boshidan buyon ikki marta kichik jarohatlar olib, biroz muddat maydondan tashqarida qolgan bo‘lishiga qaramay, Samyuel Umtiti butun Ispaniyani hayratga sola bildi. Sentyabr oyida Marca nashri unga quyidagi ta’rifni bergandi : “Matyo, Vermalen yoki Bartra Pikega tandem bo‘lishga hech kimni ishontira olmadi. Bu holat asosiy tarkibda o‘zining jangovarligini namoyon qiladigan Umtiti bilan sodir bo‘lmaydi.”

Umtiti – baxt keltiruvchi tumormi?

Hozirgacha, Umtiti ko‘rsatayotgan o‘yini va tajribasi bilan ancha xotirjam ko‘rinmoqda. Uning Pike bilan tandemi esa ishonchli ko‘rinmoqda. Qo‘shimchasiga, biri chapaqay bo‘lsa, boshqasi o‘ngaqay. Albatta, “Barselona”ning so‘nggi yillardagi asosiy tarkib himoyachisi Maskeranoni unutmaslik kerak. Biroq, argentinalik yarim himoyachi 33 yoshni qoralamoqda va o‘z vazminligini yo‘qotib borayotgandek.

“PSJ”ga qarshi bahsda, jarohat olgan Maskeranoning o‘rnini aynan Umtiti egalladi. Fransiyalik himoyachi bunday vaziyatdan unumli foydalanib qololmadi. “Barsa” ham. Chempionatda, “ko‘k-anorranglilar” Umtiti bilan boshlagan o‘yinlarning (12 o‘yin) barchasida g‘alaba qozongan edi. Ammo bu safar yutqazdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:44, 15.02.2017.
O'qildi: 6042 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.