Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Mag‘lubiyat «Barselona»nikimi yoki Enrikeniki?

Mag‘lubiyat «Barselona»nikimi yoki Enrikeniki?

Baho:
+ | -

Bu, shubhasiz, «Barselona» va Luis Enrike unutishni istaydigan kecha bo‘ldi. Parijdagi bahsda yarim himoyada kutilmaganda Andre Gomeshni asosiy tarkibda maydonga tushirgan ispaniyalik murabbiy «PSJ»dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Shunday bo‘lishi mumkinlgini Enrike xayoliga keltirganmikan?

«PSJ» bosh murabbiyi Unay Emeri Parijga kelishdan oldin «Sevilya»ni uch marta ketma-ket Yevropa Ligasi g‘olibligi sari yetaklagan kuchli taktikdir. Bask mutaxassisi — raqiblarining kuchsiz jihatlaridan foydalanishda ustasi farang. «Barselona» bilan bundan avvalgi 24 to‘qnashuvining faqatgina bittasida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da Emeri jamoalari kataloniyaliklarga yetarlicha bosh og‘rig‘i bo‘lgandi. Biroq bu darajada emas.

Albatta, «PSJ» o‘zining aqlbovar qilmas o‘yini evaziga haqli ravishda yirik g‘alabaga erishdi. Ikki oy muqaddam, nimchorak finalga qur’a tashlanga vaqtda inqiroz ichida bo‘lgan jamoa o‘tgan davr ichida o‘zini butunlay o‘nglab olishga erishdi. Ushbu o‘yinga esa alohida tayyorgarlik ko‘rgan parijliklar murabbiylar shtabi «Barselona»ning oxirgi 8 o‘yinini tahlil qilib, kataloniyaliklarni qiyin ahvolga tushirish uchun ularni maydonning birinchi yarmiga qaytarish kerak, degan xulosaga keldi. Qator o‘yinlar davomida 4-2-3-1 sxemasi sinovdan o‘tkazilib, ushbu bahsga tayyorlandi.

Aleish Vidal dahshatli jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqani ma’lum bo‘lgach, Emeri o‘ng qanot himoyasida Serxi Roberto o‘ynashini bilardi va ayni shu pozisiyaga katta bosim tayyorladi. Buni bilishi shart bo‘lgan Luis Enrike esa Robertoning oldiga Rakitichni emas, Andre Gomeshni qo‘ydi.

Xorvatiyalik yarim himoyachi Serxi Robertoga himoyada yordam berishi, bundan tashqari bahsda ishtirok etolmagan Maskeranoning o‘yin tuzilishi bilan bog‘liq vazifalarining bir qismini o‘z zimmasiga olishi, shuningdek, tajovuzkorroq o‘yin ko‘rsatishi mumkin edi. Portugaliyalik yarim himoyachi bu ishlardan birortasini uddalay olmaslik bilan birga hali hisob ochilmagan vaqtda birga-bir vaziyatni ko‘kka ham sovurdi. Gomesh nihoyat maydonni tark etganda esa «Barselona» 3:0 hisobida yutqazayotgandi.

Dastlab Anxel di Mariya jarima zarbasini fantastik tarzda ijro etib hisobni ochgan bo‘lsa, Yulian Draksler Jordi Albani dog‘da qoldirib hisobni 2:0 ga yetkazdi. Alba va Serxi Robertoda xatolar juda ko‘p bo‘ldi, ikkinchi golda Ter Shtegen ishonchliroq o‘ynashi mumkin edi, birinchi gol esa Umtitining qo‘polligidan keyin tayinlangan jarima zarbasidan kiritildi.

Hali hisob ochilmasidan oldin ham maydon tashqarisida Rafinya chigalyozdi mashqlarini bajarishni boshlagandi. Enrike o‘yin ko‘ngildagidek chiqmayotganini his etib, o‘zgarish qilishi lozim edi, biroq birinchi o‘zgarish ancha kech amalga oshirildi. Gomeshning o‘rnini to‘ldirish esa boshqa futbolchilar zimmasiga tushdi, hatto Messi ham o‘zi ko‘p narsa qila olmaydigan joylarda o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Amalda argentinalik hujumchi shunday vaziyatlardan birida to‘pni yo‘qotishi ikkinchi golga sabab bo‘ldi.

Hisob 2:0 bo‘lib turgan vaziyatda ham hali hech narsa yo‘qotilmagan edi, Enrike tanaffusda Gomeshning o‘rniga Rakitichni tushirib vaziyatni o‘nglashi mumkin edi. Biroq u o‘z vaqtida reaksiya ko‘rsata olmadi. Birinchi bo‘limdagi sarosima esa ikkinchi bo‘limga ham ko‘chib o‘tdi va di Mariya hisobni 3:0 ga yetkazgach «Barselona» yengilganini tan ola boshladi.

Nihoyat vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan o‘yin ko‘rsatila boshlangan vaqtda esa tabloda 4:0 hisobi turgan va buning uchun juda kech edi. Endi esa «Barselona» 2006-2015-yillar orasida to‘rt marta g‘olib bo‘lgan musobaqasida ushbu mavsumni davom ettirishi uchun javob o‘yinida mo‘’jiza kerak bo‘ladi.

Luis Enrike «Barselona» bilan shartnomasini hali uzaytirmagani inobatga olinsa, «Kamp Nou»dagi javob o‘yini uning kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Zero 4:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin vaziyatni o‘nglash juda qiyin, hatto mana shu jamoa uchun ham? Hozirgacha ushbu musobaqada biror jamoa buni uddalay olmagan. Shunday ekan, «PSJ»ning imkoniyatlari juda yuqori.

Ko‘pchilik hozir 2013-yil Chempionlar Ligasi yarim finalida «Alyans Arena»da «Bavariya»dan uchralgan mag‘lubiyatni eslayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq o‘shanda jamoa katta qiyinchiliklar girdobida edi – bosh murabbiy Tito Vilanova saraton bilan kurashayotgan, Messining jarohatidan tiklanishi cho‘zilayotgan edi. «Barselona»ning qoniqarsiz o‘yiniga qaramay hakamlarning xatosi ham jamoa zarariga ishlagan edi.

«PSJ»ga qarshi o‘yinda esa na bunday qiynchiliklar, na boshqa bir bahona bor edi. Bu hozirgi davrdagi «Barselona»ning eng yomon o‘yini bo‘ldi va bu Luis Enrike davri yakunining boshlanishi bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bunga faqat javob o‘yinidagi mo‘’jiza to‘siq bo‘lishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:49, 15.02.2017.
O'qildi: 10971 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.