Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Bolaligida «Real»ga muxlislik qilgan Inyesta haqida 9 ta qiziqarli fakt

Bolaligida «Real»ga muxlislik qilgan Inyesta haqida 9 ta qiziqarli fakt

Baho:
+ | -

Oldinroq "Barselona" afsonasi Karles Puyol haqida qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola qilgan edik. Bu safar jamoaning yana bir yetakchisi Andres Inesta haqidagi qiziqarli ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

1. Inyesta Albasete provinsiyasidagi 1,900 kishi yashaydigan kichkinagina Fuentealbilya shaharchasida o‘sib, voyaga yetdi. U La Masiyaga yo‘l oladigan kuni rosa yig‘laganini tan oladi.

2. Klubdagilar undan Inyestaga ota-onasini eslatmasligini so‘rashgan, aks holda u yig‘lab yuborishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan.

3. Gvardiola yosh Inyestaning kumiri edi. Bolakay “Barsa” maktabi – La Masiyadagi yotog‘i devorlarini uning rasmlari bilan to‘ldirib tashlagandi.

4. Oradan ozgina vaqt o‘tgach Inyesta devoridagi Gvardiola suratlari o‘rnini yangisi – “men umrimda ko‘rgan eng yaxshi futbolchi uchun” degan shaxsiy dastxatli rasm egalladi.

5. Inyestani ilk bor asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazishga chaqirishganda, u kiyim almashtirish xonasida paydo bo‘lmadi. Luis Enrikeni uni topib kelishga jo‘natishdi. 16 yoshli bola ko‘zlarini katta-katta qilib hayron o‘tirardi: “hazil bo‘lsa kerak”.

6. Katalon televideniyesida hazil gap yuradi: u aslida kechasi yorug‘lik taratadigan chuvalchang (shunaqa bolalar o‘yinchog‘i bor). Bosiq, mulohazali Inyesta “diskoteka va tungi klublar men uchun emas” deb ta’kidlaydi. Bu odatini bilgan kishilar unga hazilomuz tarzda: “Diskotekalar qiroli” deb nom qo‘yib olishgan.

 Davomi >>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:55, 15.02.2017.
O'qildi: 10933 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик