«Bavariya» himoyachisi Filipp Lam futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin myunxenliklar rahbariyati va murabbiylar shtabi sardorlik bog‘ichiga ega bo‘ladigan futbolchini aniqlab olishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Bavariya"ning keyingi sardori vazifasini Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyerga ishonib topshiriladi. Hozirda ushbu futbolchi sardorlik borasida Lamning birinchi yordamchisi hisoblanadi.
Avvalroq "Baveriya" klubi sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitsfeld jamoada sardorlik uchun Tomas Myuller ko‘proq munosib ekanini ta’kidlagandi.