Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘tkir Qalamtebratar maqolasi: Kulol va xurmacha

O‘tkir Qalamtebratar maqolasi: Kulol va xurmacha

Baho:
+ | -

Kecha taniqli futbolchining, bir vaqtlar unga murabbiylik qilgan inson to‘g‘risidagi intervyusini o‘qib, xayolimga kelgani, eng avvalo, "Kulol va xurmacha" filmi bo‘ldi: "Qornim katta, bo‘ynim kalta yurishlarim o‘zgacha. Yasalganman o‘zim loydan, oliy hazrat xurmacha...".

Esladingiz-a? Bolaligimning eng sevimli kinosi bu. Ammo, uning yakuni asabimni buzardi. Usta ming mashaqqat bilan loydan xurmacha yasab, uni "odam" qilsa-yu, minnatdorlik o‘rniga kaltak yesa...

...Maktabda tarix fanini yaxshi o‘qirdim. Ammo o‘qituvchimiz... Yomon muallim yoki odam emasdi-ku, faqat anavi "jonivor"dan ko‘p olardi. Shundanmi, o‘quvchilar orasida hurmati yo‘q, hamma kalaka qilar, ustidan kulardi. U kishi esa indamas, faqat chap ko‘ksini siqib, siniqqina jilmayardi...

Katta bo‘ldik. O‘qidik, ishlayapmiz. Yaqinda qishloqqa borganimda o‘sha domlamizni uchratib qoldim. Qartayibdi. Ichkilik yeb, ado qilibdi. Meni tanidi. Atrofidagilarga — "Bilib qo‘yinglar, bu yigit meni shogirdim. Hozir Toshkentda ishlayapti. Katta odam...", - deydi ko‘zlari yoshlangudek bo‘lib. Men esa o‘sha namlangan nigohlarga qaray olmadim. Bo‘ynimni egdim. Vijdon qurg‘ur ayamay savalardi...

Futbolga qaytsak. Hamma murabbiyning o‘z uslubi bor. Masalan, yaqinda taniqli mutaxassislardan biri o‘zining shogirdlari, O‘zbekistonning hozirgi kundagi eng iste’dodli futbolchilari — Hamdamov, Shomurodov va Shukurovni "Ular hali futbolchi emas", - dedi.

Menimcha, u bir o‘q bilan ikki quyonni urdi. Ya’ni, avvalo, xorij klublarining "yog‘li-yog‘li" takliflaridan shogirdlarining havolanib ketmasligi, yulduzlik kasaliga berilmasligi, qolaversa bosim ostida qolmasligi uchun ham shunday dedi.

Undan keyin, o‘z murabbiyidan yuqoridagi kabi "haqoratli" gap eshitgan har qanday futbolchi, tabiiyki, yanada vajohat bilan, yanada shiddat bilan o‘z ustida ishlaydi. Ustoziga "ko‘rsatib" qo‘yishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.

O‘ylashimcha, bu murabbiy sal avvalroq xorijda "javlon urayotgan" sobiq shogirdi to‘g‘risida biroz "qo‘polroq" gapirishining asl sababi ham shu. Tag‘in bilmadim.

Kulollar haqida yana bitta film bo‘lardi. Aniq nomi esimda yo‘q. Bosh rollarni — Baxtiyor Ixtiyorov va Murod Rajabov ijro etgan. Xullas, unda qip-qizil qaroqchi (M.Rajabov) va yosh kulolning yo‘li kesishib qoladi. Yo‘lto‘sar kulolchilikka qiziqib, sherigidan bu san’atning sir-asrorlarini picha-micha egallaydi.

Ammo o‘rgangan ko‘ngil emasmi, kunlarning birida o‘rtanib, yana ovga chiqadi. Qo‘liga savdogarlardan iborat yaxshigina o‘lja ilinadi. Ammo negadir ularning "kattasi" ko‘ziga issiq ko‘rinadi va undan kimligini so‘raydi. "Kulolman, ey noinsof banda, ustozingni ustoziman", - deydi. Bu gapni eshitgach haligi qaroqchi ming hijolat tortib, uzr so‘raydi, karvonni o‘zi manziliga eson-omon yetkazib qo‘yadi...

Xulosa o‘zingizdan.

Kulol va xurmacha kimligini esa yalinsangiz ham aytmayman.

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:58, 17.02.2017.
O'qildi: 15928 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик