Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

OCHL–2017. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” uchrashuvlari prevyusi

OCHL–2017. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” uchrashuvlari prevyusi

Baho:
+ | -

2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichiga ertaga, 20 fevral kuni start beriladi. Unda O‘zbekistonning ikki klubi – “Lokomotiv” va “Bunyodkor”  ishtirok etadi.

O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi OCHL–2017 turnirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi. Jamoa “A” guruhidan joy oldi va pley-off bosqichiga chiqish uchun “Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni), “Al-Ahli” (BAA) va “Istiqlol” (Eron, Tehron) klublari bilan kuch sinashadi.

“Temiryo‘lchilar”ning ilk raqibi Saudiya Arabistoni vakili – “At-Taavun” bo‘ladi. Saudiyaliklar OCHL musobaqasida birinchi marta ishtirok etmoqda. O‘tgan mavsumda mamlakat chempionatida 4-o‘rinni egallagan “At-Taavun” o‘z tarixida eng yaxshi natijani qayd etgandi.

Asosiy futbolchilar: Jehad Al Husayn, Talab Al Absi, Munir El Hamdui

Bosh murabbiy: Konstantin Galsa (Ruminiya)

“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov kabi futbolchilar bilan xayrlashgan bo‘lsa-da, toshkentliklar o‘z safini tajribali Shuhrat Muhammadiyev, yosh iqtidor egalari Jaloliddin Masharipov va Diyor Turopov singari o‘yinchilar bilan to‘ldirdi. “Temiryo‘lchilar” o‘tgan mavsumda OCHL–2016 da ajoyib o‘yin namoyish qildi va chorak finalgacha yetib bordi. “Lokomotiv” chorak finalda musobaqa finalchisiga aylangan BAAning “Al-Ayn” klubiga mag‘lub bo‘lgandi.

Asosiy futbolchilar: Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Mirzayev

Bosh murabbiy: Andrey Miklyayev

 

“At-Taavun” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv”(O‘zbekiston)
20 fevral, Burayda. 20:40 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf (Ummon);
Qanot hakamlari
: Hamid Sulaymoy Marhun va Abu Bakar Salim Mahad (har ikkisi Ummon);
Zaxira hakami
: Iso Abdulla Hasan Muhammad Ali (Bahrayn);
Hakamlar nazoratchisi
: Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA);
Uchrashuvi komissar
: Talal Ali (Iordaniya).

Toshkentning yana bir klubi – “Bunyodkor” OCHL–2017 turnirini saralash (pley-off) bosqichidan boshladi. Sergey Lushchan shogirdlari Qatarning “Al-Jaish” klubini penaltilar seriyasida taslim qilgan holda guruh bosqichiga yo‘l oldi. “Qaldirg‘ochlar” qur’a natijasiga ko‘ra “S” guruhiga tushgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Zob Ahan” (Iroq) va “Al-Ayn” (BAA) klublari bilan pley-offga chiqish uchun kurashadi.

“Bunyodkor”ning guruhdagi ilk raqibi Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bo‘ladi. Saudiyaliklar OCHL turnirida katta tajribaga ega. 2012-yilda “Al-Ahli” Osiyo mintaqasining eng nufuzli turniri finalchisi bo‘lgan. O‘shanda jamoa Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyundai” klubiga imkoniyatni boy bergandi.

Asosiy futbolchilar: Jiannis Fetfatzidis, Muhammad Abdul Shafi, Saad Abdul Amir

Bosh murabbiy: Kristian Gross (SHveysariya)

“Bunyodkor” O‘zbekiston klublari orasida OCHL musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan klub sanaladi. “Qaldirg‘ochlar” ikki marta – 2008 va 2012 yillarda yarim finalgacha borgan. Poytaxtliklar yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Klub safiga serbiyalik Dushan Michich va Aleksandar Ignyatovich, chernogoriyalik Vadim Chemirtan, shuningdek, Alisher Sanayev kabi futbolchilar kelib qo‘shildi. “Bunyodkor” xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Asosiy futbolchilar: Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan, Otabek Shukurov

Bosh murabbiy: Sergey Lushchan

 

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O‘zbekiston)
21 fevral, Jidda, “Sport Siti” stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Ryuji Sato (YAponiya);
Qanot hakamlari
: Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi (har ikkisi Yaponiya);
Zaxira hakami
: Araki Yusuke (YAponiya);
Hakamlar nazoratchisi
: Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya);
Uchrashuv komissari
: Song Xuang (Xitoy).

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:26, 19.02.2017.
O'qildi: 8806 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.