Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Andrey Miklyayev: «Saudiya Arabistoniga ijobiy natija bilan qaytish maqsadida kelganmiz»

Andrey Miklyayev: «Saudiya Arabistoniga ijobiy natija bilan qaytish maqsadida kelganmiz»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” bu yilgi Osiyo chempionlar ligasini 20 fevral kuni boshlaydi. “Temiryo‘lchilar” Saudiya Arabistonida “At-Ta’vun” mehmoni bo‘lishadi.

Jamoa OCHL reglamentiga ko‘ra bugun o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadionda bir soatlik mashg‘ulot o‘tkazdi. Ungacha esa kunning boshqa tadbirlari tashkil qilindi.

Dastlab jamoa delagasiyasi istiqomat qilayotgan mehmonxonada har ikkala klub vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Bunda ba’zi tashkiliy masalar hamda ertangi o‘yinda kimning qaysi formada to‘p tepishi aniqlab olindi.

Demak, “Lokomotiv” “At-Ta’vun” bilan kechadigan bahsda qizil rangli, raqib jamoa esa sariq rangli futbolkalarda o‘ynaydi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:40da (Toshkent vaqti bilan 20:40) start oladi.

Mitingdan so‘ng o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil qilindi. Bunda dastlab mehmonlar ishtirok etishdi. “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayevga 33-raqamdagi futbolchimiz Oleg Zoteev hamrohlik qildi.

Andrey Gennadyevich savollarga javob qaytarar ekan, “Lokomotiv” yana bir bora Saudiya Arabistoniga tashrif buyurganidan mamnun ekanligini aytib o‘tdi.

“Biz bu yerga necha marta kelgan bo‘lsak, har safar iliq taassurotlar bilan qaytganmiz. Umid qilamanki, bu safar ham shunday bo‘ladi. “At-Ta’vun” Osiyo chempionlar ligasida birinchi bor ishtirok etmoqda, ular bundan xursand ekanliklari turgan gap”.

“Biz ertaga shu yil hisobidan birinchi rasmiy uchrashuvni o‘tkazamiz va o‘yin qanday kechishini oldindan aytish qiyin. Saudiya chempionatida mavsum ayni qizg‘in pallaga kirgan, bizda esa chempionat hali boshlangani yo‘q. Lekin biz bu haqda o‘ylayotganimiz yo‘q, chunki bu yerga ijobiy natija bilan qaytish maqsadida kelganmiz”.

“At-Ta’vun”ni yaxshilab o‘rganishga harakat qildik. Ularning oxirgi ikkita uchrashuvini diqqat bilan kuzatib chiqdik. Jamoa yaxshi holatda. Biz mavsumga tayyorgarliknining asosiy qismini dastlab Dubayda, keyin Antaliyada olib bordik. Yigitlar ertangi o‘yinga tayyor” – deya aytib o‘tdi Andrey Miklyayev.

Jurnalistlardan biri Oleg Zoteevga quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Saudiyada futbolchilar tezkor va texnikasi zo‘r, O‘zbekistonda esa jismonan kuchli futbolchilar ko‘p. Bu haqda nima deya olasiz?”

Ushbu savolga javoban Zoteev quyidagi fikrni bildirdi: “O‘zbekistonda ham texnik tomonlama mahoratli futbolchilar ko‘p, xususan bizning jamoada ham bunday futbolchilar yetarlicha topiladi. Agar ishonmasangiz, ertaga o‘yinimizni ko‘ring va bunga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz”.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:07, 20.02.2017.
O'qildi: 10114 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик