Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Konstantin Galsa: «O‘zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini yaxshimi? Bilmadim»

Konstantin Galsa: «O‘zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini yaxshimi? Bilmadim»

Baho:
+ | -

“At-Ta’vun” - "Lokomotiv" o‘yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabiiyi Konstantin Galsa va jamoa sardori Talab Ali Absi qatnashdi. Ruminiyalik murabbiy bo‘lajak bahs haqida fikr bildirar ekan, ko‘p narsa omadga bog‘liqligini aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini bilamiz. Bu biz uchun yaxshimi? To‘g‘risi, bir narsa deyishim qiyin. Chunki ba’zi jamoalar birinchi rasmiy o‘yindayoq ijobiy natija ko‘rsata olishadi. “Lokomotiv”da hamma narsa bor: kuch, tezlik va raqibga nisbatan bosim. Ochig‘i, bu jamoani hurmat qilish lozim”.

“Albatta, ertangi bahs biz uchun juda muhim. Chunki klub tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi o‘yinini o‘tkazamiz. Futbolchilarimiz bo‘lajak uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Biz yangi tarix yaratishga harakat qilamiz”.

“Menda ertangi o‘yinga oid bir qator rejalar bor: uchrashuvni "A" planda boshlaymiz va o‘xshamasa "B", "C" rejalarga o‘tamiz. Albatta, Osiyo chempionlar ligasida omad tufayli qatnashyapmiz va guruhdagi barcha raqiblarni hurmat qilamiz. “Lokomotiv”, “Al-Ahli”, “Istiqlol” – bular Osiyoda nomi chiqqan klublar hisoblanadi. Lekin, biz ham o‘zimizni ko‘rsatishni xohlaymiz”, – deydi “At-Ta’vun” bosh murabbiyi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.
19 fevral, Burayda, S.Arabistoni.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:44, 20.02.2017.
O'qildi: 10848 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик