«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu mavsum yakunida jamoaga yangi murabbiy kelishi mumkinligi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Biz Luis Enrike bilan aprel oyida muzokara o‘tkazamiz. Jamoaning asosiy maqsadi — murabbiy bilan shartnomani uzaytirish, bizda «B» reja yo‘q.
Messi borasida muxlislar xotirjam bo‘lishlari mumkin. U jamoada qoladi, biz ham uning qolishini istaymiz. Bu borada ish yaxshi ketmoqda», – dedi Bartomeu.