Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Yaponiyaning Sapporo shahrida VIII qishki Osiyo o‘yinlari start oldi

Yaponiyaning Sapporo shahrida VIII qishki Osiyo o‘yinlari start oldi

Baho:
+ | -

19 fevral kuni Sapporoda VIII qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marosim Sapporo Doum (Sapporo Dome) stadionida tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu arena 2002 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati uchrashuvlariga ham mezbonlik qilgan.

Tantanali ochilish marosimidan avval Sapporoda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish tantanali marosimi o‘tkazildi. Demak, qishki Osiyo o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘i ham hilpiray boshladi.

VIII qishki Osiyo o‘yinlari 19 – 26 fevral kunlari Yaponiyaning Sapporo va Obixiro shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda ishtirokchilar sportning 11 ta turi bo‘yicha bellashadilar. Bular: xokkey, biatlon, kyorling, figurali uchish, short-trek, konkida yugurish, tog‘ chang‘i sporti, chang‘i poygasi, fristayl, snoubord va tramplindan sakrash sport turlaridar. Obixiroda faqat konkida yugurish bo‘yicha musobaqalar tashkil etilsa, boshqa barcha sport turlari bo‘yicha bahslar Sapporoda o‘tkaziladi.

Qishki Osiyo o‘yinlarida jami 32 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 1200 nafar sportchilar ishtirok etishadi. E’tiborli jihati Osiyoning 30 ta mamlakati qatorida bu safar Okeaniya mintaqasi vakillari – Avstraliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham musobaqada mehmon sifatida qatnashishadi. Faqat ushbu mintaqa vakillari medallar uchun kurash olib borishmaydi.

Bu safargi qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Misha Ge himoya qiladi. U o‘z ishtirokini 24 fevralda boshlaydi. Shu kuni qisqa dastur bo‘yicha musobaqalar Toshkent vaqti bilan soat 14:05da boshlanadi. 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00da erkin dastur bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazalib, hamyurtimiz ushbu bahslarda ham qatnashishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 26 fevral kuni Makomanay muz saroyida musobaqalarning tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:49, 20.02.2017.
O'qildi: 7451 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик