Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Metallurg” Turkiya yig‘inini yakunladi

“Metallurg” Turkiya yig‘inini yakunladi

Baho:
+ | -
Bekobodning “Metallurg” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida tashkillashtirilgan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunladi va mamlakatimizga qaytib keldi.   Belek shahrida bekobodliklar yig‘in davomida beshta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va shulardan 3 tasida g‘alaba qozondi, ikkita uchrashuvda esa imkoniyatni boy berdi. Yig‘inning so‘nggi kuni poytaxt viloyati vakillari Ukrainaning “Dnepr” (CHerkask) jamoasiga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.   Garchi, “Metallurg” bu o‘yinda to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, futbolchilarimiz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. O‘z vaqtida sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 12 ta uchrashuvda maydonga chiqib, raqiblari darvozasiga 1 ta gol urgan Vadim Yevtushenko shogirdlari esa birgina imkoniyatdan foydalanib, g‘alabani ilib ketishdi. O‘tgan yilgi mavsumda birinchi ligada ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritgan “Dnepr” jamoasi bu mavsum o‘z oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasini qo‘ygan. Oxirgi o‘yinga doir yana bitta ma’lumot, uchrashuv bosh hakamiga yon chiziqda o‘zbekistonlik sobiq laynsmen Rafael Ilyasov yordam berdi.   Murabbiylar shtabi jamoa O‘zbekistonga yetib kelgach, o‘yinchilarga kichik ta’til berdi. Keyingi yig‘in esa chorshanba kunidan e’tiboran yana Chirchiq shahrida davom ettiriladi.   “Metallurg” – “Dnepr” – 0:1 (0:0).18.02.2017 yil. Belek shahri. Hakamlar:Nikolay Voloshin, Rafael Ilyasov, Dmitriy Koloskov, Mixail Volkov. Nazoratchi hakam:Sergey Masura.  “Metallurg”:Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Doston Tursunov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Doniyor Odilov, Islom Isoqjonov, Jahongir Abdumo‘minov, Sanjar Qodirqulov, Dilmurod Karimov, Zohid Abdullayev. Zahira: Zafar Safoyev, Ayubxon No‘’monov, Doniyor Ismoilov, Alisher Ziyovuddinov, Muhammadodil Qahramonov, Umid Rahimov, Kamronbek Kopadze.
Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 22:07, 20.02.2017.
O'qildi: 6391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик