Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Jahon futbolidagi eng novcha 10 nafar futbolchi

Jahon futbolidagi eng novcha 10 nafar futbolchi

Baho:
+ | -

Piter Krauch 2 metrga cho‘zilgan bo‘yi bilan hamon himoyachilar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmoqda. Bu hujumchi 30 yanvar kuni 36 yoshga to‘ldi. Xullas, «ROBOT RAQSI» muallifining tug‘ilgan kuni bahonasida basketbolga tortadigan bo‘yga ega bo‘lsalarda, futbolni tanlagan mashhur novchalar haqida alohida suratlar orqali yana bir bora ma’lumot berishni lozim topdik.

Piter KRAUCH («Stok Siti», Angliya).

Bo‘yi: 201 sm. Fakt. Faoliyati davomida «Liverpul» va «Tottenxem» klublari, shuningdek, Angliya termasida dong taratgan Piter jahon futbolidagi eng go‘zal xonimlardan biri Ebbi Klensining eridir.

Freyzer FORSTER («Sautgempton», Angliya).

Bo‘yi: 201 sm. Fakt. Forster o‘tgan yili Angliya terma jamoasi safida Yevro-2016ga bordi, undan oldinroq esa, 700 daqiqalik quruq seriya qayd etib, APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi maqomini olgandi.

Simon MAKINOK («Preston», Angliya).

Bo‘yi: 201 sm. Fakt. Daniyalik «Gulliver» 2013 yili «Terek» safiga qo‘shilishi mum-kin edi, biroq «Brond-­byu» ajoyib taklifni rad etdi. Vaholanki, grozniyliklar asli polshalik futbolchining o‘ziga 1,5 mln. yevroga teng yillik maosh va’da qilishgandi.

Ivan MILINKOVICH-SAVICH («Lexiya», Polsha).

Bo‘yi: 202 sm. Fakt. Aka-uka Milinkovich-Savichlar onasi Serbiya basketbol termasi safida U-20 toifasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Sergeyning bo‘yi 190 santimetr va u «Lasio» yarim himoyasida o‘ynash darajasigacha yetdi. 1997 yili tug‘ilgan Ivan esa darvozabonlikni tanlagan. U hattoki, «MYU»da shug‘ullanishga ulgurdi, ammo shartnoma tuzishiga Angliyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomasi yo‘qligi xalaqit berdi.

Nikola JIGICH (klubsiz).

Bo‘yi: 202 sm. Fakt. 36 yoshli Nikolaning onasi ham sobiq basketbolchidir. Mavsum-2002|2003da Serbiya va Chernogoriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Jigich keyinchalik Ispaniya va Angliya elit divizionlarida munosib iz qoldirdi.

Kostel PANTILIMON («Uotford», Angliya).

Bo‘yi: 202 sm. Fakt. «Manchester Siti» zaxirasida 2 yil o‘tirgan rumin APLdagi eng qadrlanmagan golkiperlardan biridir. Pantilimon garchi «seyv»lar foizi bo‘yicha Tibo Kurtua, David de Xea va Jo Xartdan ham yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lsada, biror jamoada asosiy kiper sanalgan emas.

Lasina TRAORE (SSKA, Rossiya).

Bo‘yi: 203 sm. Fakt. «Kuban» va «Anji»da oyoqlari bilan yetarlicha gol urgan hujumchi SSKAda negadir o‘zini ko‘rsatolmayapti - yarim mavsumda atigi 5ta aniq zarba. Boz ustiga, Lasina faqat «armiyachilar» maydonida gol urishni epladi, xolos.

Jarko MARKOVICH («Qayrat», Qozog‘iston).

Bo‘yi: 204 sm. Fakt. «Avatar» laqabli serb 3 yildan buyon «Qayrat» sharafini himoya qilmoqda. E’tiborlisi, u har mavsum qaysidir turnir, aniqrog‘i, Qozog‘iston kubogi yoki superkubogida muvaffaqiyat qozonmoqda.

Denis TOLEBAYEV («Akjayik», Qozog‘iston).

Bo‘yi: 205 sm. Fakt. Tolebayev avvalgi yilgacha «Astana»da zaxira golkiperi edi. «Akjayik» safiga qo‘shilganidan keyin esa Qozog‘iston termasidan taklif oldi va milliy jamoada 360 daqiqalik quruq seriya qayd etdi.

Kristof van XAUT («Vesterlo», Belgiya).

Bo‘yi: 208 sm. Fakt. Zamonaviy futbolning eng novcha vakili. Tabiiyki, u ham darvozabon. Kristof 208 santimetrga cho‘zilgan bo‘yiga yarasha, tarozida 110 kilogramm tosh bosadi. Van Xaut oldinroq Hindistonning «Dehli Dinamos» jamoasida o‘ynagan va naq 14ta uchrashuvda gol qo‘yib yubormagandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:20, 21.02.2017.
O'qildi: 19260 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик