Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Qo‘qon-1912"ning so‘nggi yig‘ini muddatidan oldin yakunlandi

"Qo‘qon-1912"ning so‘nggi yig‘ini muddatidan oldin yakunlandi

Baho:
+ | -

10 fevral kuni Chirchiq shahrida boshlangan jamoamizning so‘nggi yig‘ini bugun o‘z yakuniga yetadi. Avvalgi rejaga o‘zgartirish kiritilgani bois yig‘in erta yakunlanadigan bo‘ldi, deya xabar beradi "Qo‘qon-1912" jamoasining rasmiy sayti.

Aniqrog‘i, 23 fevral kuniga belgilangan Qozog‘istonning Ekibastuz jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini bekor qilindi. Bunga sabab Qozog‘iston klubining Toshkentga kelmagani bo‘ldi. Endi futbolchilarimizga qisqa muddatli ta’til beriladi. Futbolchilarimiz ikki kun dam olishgach, 25 fevraldan Qo‘qonda to‘planishadi va oliy liganing 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” jamoasiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishadi.

So‘nggi yig‘in davomida futbolchilarimiz beshta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishib, uchta bahsda g‘alaba qozonishdi (“So‘g‘diyona” 5:0, “Dinamo” 6:1, “Qizilqum” 1:0), bitta o‘yinda durang natija qayd etildi (“Sho‘rtan” 2:2) va bitta bellashuvda mag‘lubiyatga uchrashdi (“Navbahor” 0:3).

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 06:30, 22.02.2017.
O'qildi: 5595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик