Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Jaloliddin Masharipov: «Paxtakor» - uyim va bir kun albatta, qaytaman»

Jaloliddin Masharipov: «Paxtakor» - uyim va bir kun albatta, qaytaman»

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida qishki transferlar bozorining eng shov-shuvli va biroz kutilmagan voqeasi «Paxtakor» yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga bog‘liq bo‘ldi.

O‘tgan mavsum yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikni o‘ziga qaratgan  futbolchi «Lokomotiv» safiga qo‘shildi. Ha, buning «Paxtakor» muxlislariga ma’qul kelmagani bor gap. Axir «Loko» tayyor futbolchini oldi-quydi. O‘zi moliyaviy jihatdan baquvvat klublar siyosati shunday. Lekin tanganing orqa tomoniga qarasak, bu o‘tish Jaloliddin va «Paxtakor» uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Chunonchi, «Lokomotiv» OCHLda ishtirok etadi. Sir emas, qit’aning eng nufuzli musobaqasi futbolchilar uchun katta bozor sanaladi.

Agar Masharipov OCHLda o‘zini ko‘rsatsa, faoliyatini nomdor klublarda davom ettirish imkoniyati oshadi. Qolaversa, futbolchining transfer huquqi hamon «Paxtakor»ga tegishli. Uning «sherlar» bilan 3 yillik shartnomasi bor. Shunday ekan, «Paxtakor» muxlislari qattiq ranjimasliklari lozim. Darvoqe, Jaloliddin o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, gazetamiz so‘rovining «Yil kashfiyoti va yulduz futbolchisi» nominasiyasi laurea­ti sifatida tan olingandi. Xullas, yarim himoyachi klubi bilan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishi oldidan unga maxsus sovrininimizni topshirdik va tabiiyki, intervyu ham oldik.

- Jaloliddin, «Lokomotiv» taklifini qabul qilishda rosa ikkilangandirsiz...

- Ochig‘i, o‘zim uchun qadrdon klubdan ketishim oson bo‘lmadi. Bu xuddi yashayotgan uyingizni tashlab ketish bilan barobar. Lekin futbolda shunday keskin burilishlar ham kuzatiladi. Bir tomondan, bu o‘tish faoliyatim uchun naf berishiga umid bog‘layapman. Harqalay, «Lokomotiv» tarkibida OCHL o‘yinlarida katta tajriba to‘plashim mumkin. Hali orzularim bisyor. Maqsadga erishish uchun esa ko‘p mehnat qilishim kerak. O‘ylaymanki, OCHL kabi nufuzli musobaqalar orzularim ushalishiga yordam beradi. Ammo hamma ham «Loko» safiga qo‘shilganimni ijobiy qabul qilmadi...

- Yangi jamoaga moslashish jarayonida qiynalmayapsizmi?

- Yo‘q. Murabbiylar va futbolchilar qo‘llab-quvvatlashyapti. Ko‘plab yigitlar bilan avval ham birga ishlagan-o‘ynaganmiz. Xususan, terma jamoa mashg‘ulotlarida.

- Mashg‘ulotlar jarayonida qanday farq ko‘zga tashlanyapti?

- Farq yo‘q, hisobi. «Paxtakor»da ham, «Lokomotiv»da ham mashg‘ulotlar yuqori saviyada olib boriladi.

- «Paxtakor»da yorqin o‘yinlar o‘tkazdingiz. O‘zingiz uchun eng esda qolarlisi sifatida qay birini tilga olasiz?

- Avvalgi mavsum aynan «Lokomotiv»ga qarshi kechgan uchrashuv xotiramga muhrlandi. O‘sha o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongandik.

- Klubdagi rasmiy debyutingiz esingizdami?

- Ha, xuddi kechagidek. 2014 yili «Andijon» bilan bahsda maydonga tushgandim.

- «Loko» o‘rin olgan OCHL guruhi haqida nima deysiz? Bu kvartetdan chiqa olasizlarmi?

- Nasib qilsa, chiqamiz, albatta. Oldimizga qo‘yilgan birinchi vazifa ham shu. Deyarli teng kuchli jamoalar guruhi. Har holda, hech bir klubni yaqqol yetakchi yoki autsayder sifatida ko‘rsatolmayman.

- «Lokomotiv» murabbiyi Mirko Yelichich bilan alohida gaplashgandirsiz - maydonda o‘z pozisiyangizda tup surar ekansizmi yoki...?

- Ha, murabbiy bilan bafurja suhbatlashdik. Umuman, qaysi joyda o‘ynashimdan qat’iy nazar, jamoaga foyda keltirsam, bas. Axir avvalo, ishonch­ni oqlashim zarur.

- Shartnomangiz qancha muddatga mo‘ljallangan?

- Bir yilga.

- Nechanchi raqamni tanladingiz?

- «99»ni. Chunki 9-raqam band ekan.

- «Barselona»ga muxlislik qilishingizni bilamiz. Sizningcha, Kataloniya klubining «PSJ»dan qabul qilgan mag‘lubiyati tasodifmi yoki inqiroz alomati?

- Ko‘pchilik «Barsa»ning g‘alabalariga o‘rganib qolgan. Biroq zamonaviy futbolda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Buni «PSJ» isbotladi. Tan olish kerak, parijliklar o‘sha kuni chindan ham, juda zo‘r o‘ynadilar.

- Xo‘sh, javob o‘yinida mo‘’jiza ro‘y berishi ehtimoli bormi?

- Albatta, bor. Barchasi «Barselona» futbolchilariga bog‘liq. Lekin imkoniyat past, baribir.

- Har qanday holatda ham, kurash hali davom etadi, shundaymi?

- Gap «Barselona» haqida ketayotganini unutmaylik.

- O‘zi Kataloniya klubida murabbiy almashadigan vaqt kelmadimikan?

- Menimcha, yo‘q. Enrike aslida yomon ishlamayapti. Futbolda shunday pasayishlar kuzatilishi tabiiy hol. Bunaqasini har qanday kuchli klub misolida ko‘rish mumkin.

- «Paxtakor» muxlislariga tilaklaringiz...

- Ularga hurmatim baland. Tabiiyki, hammalariga eng ezgu tilaklar bildiraman. «Paxtakor» - mening uyim. Inson o‘z uyiga qaytadi, baribir. Shunday ekan, men ham bir kuni yana «Paxtakor»ga qaytaman. O‘z o‘rnida, murabbiylar, futbolchilar, shifokorlar, xullas, jamoaning barcha a’zolariga rahmat yo‘llayman. «Paxtakor»dagi davrni sira unutmayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:34, 22.02.2017.
O'qildi: 11749 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.