Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Qo‘rqinchli Jidda. O‘zbekiston klublari «Al-Ahli» maydonida mag‘lubiyatdan boshqasiga yaramagan

Qo‘rqinchli Jidda. O‘zbekiston klublari «Al-Ahli» maydonida mag‘lubiyatdan boshqasiga yaramagan

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasining 2017 yilgi mavsumiga kelib ham O‘zbekiston jamoasi Jiddaning «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘yinda hech narsa qila olmadi. «Qirol Abdulloh» stadionida mehmon bo‘lgan «Bunyodkor» 0:2 hisobida yengildi.

Bunga qadar «Al-Ahli» o‘z maydonida O‘zbekiston klublari ustidan uch marta zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. «Bunyodkor» ustidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat esa ketma-ket uchinchisi bo‘ldi.

2015 yilgi mavsumda Qarshining «Nasaf» klubi mazkur jamoa maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, oradan bir yo‘l o‘tib tomonlar yana bir bor to‘qnash kelgan va o‘sha uchrashuvda ham jiddaliklar 2:1 hisobida g‘olib chiqqan. Oradan bir yil o‘tib Kristian Gross boshqarib borayotgan klub Sergey Lushchan jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

2005 yilgi mavsumda Toshkentning «Paxtakor» klubi ham «Al-Ahli» maydoniga tashrif buyurgan bo‘lib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

«Al-Ahli» sharafini himoya qiladigan hujumchi Umar Soma uch yildan buyon O‘zbekiston klublari darvozasini ishg‘ol qiladi. Jumladan u avvalgi ikki yilida Eldor Suyunovni ranjitgan bo‘lsa, bu safar Murod Zuxurov postiga yo‘l topa oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:10, 22.02.2017.
O'qildi: 5935 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик