Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hasanali Qodirov blogida: «Terma jamoamiz bosh murabbiyiga ochiq xat»

Hasanali Qodirov blogida: «Terma jamoamiz bosh murabbiyiga ochiq xat»

Baho:
+ | -

Kuni-kecha anchadan beri kutgan voqea sodir bo‘ldi. Hozirgacha milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi ko‘pam intervyu bermas edi. Umuman bermas edi. 2015 yili yozda ishga tayinlangach, avvalo barcha jurnalistlar bilan bir o‘zi ochiq suhbat o‘tkazgani esimda. Yonida faqat Sanjar Rizayev bor edi. Ishni bunday boshlashidan Matbuot bilan yaqin aloqada bo‘lib, barcha ishqibozlar bilan tez-tez uchrashib turar ekan-da, MTJ o‘yinlarining targ‘iboti kuchayar ekan-da, deb umid bog‘lagan edim. Unday bo‘lmadi. Uncha-muncha jurnalistga intervyu bermadi. Hech qanday ko‘rsatuvda qatnashmadi.

Va nihoyat, “O‘zbekiston futboli”ning 9 fevral kungi sonida Kamoliddin Alimov bilan bir sahifalik xos-suhbati bosilib chiqibdi. Qunt bilan har bir so‘zini shimib-shimib o‘qib chiqdim. O‘qir ekanman,  Samvel Vyacheslavovich Babayanni inson sifatida tushunishga harakat qildim. Mazkur kishi bilan, yurtimizning barcha ishqibozlar diqqat markazida turgan mazkur kishi bilan  xos-suhbat qura olmaganim uchun armonda edim. Intervyuni o‘qib bo‘lgach, u kishiga ochiq xat yozishga jazm qildim.

VA NIHOYAT...   1.
A. Samveljan, barchamiz asosli ravishda “Paxtakor”da bajargan katta ishlaringiz tufayli Sizni azaldan hurmat qilamiz. Bu fakt. Avval men ham kamtarlikni bilmagan menejer deb, Sizni qoralaganman. Bosh murabbiy Ismoilovni kursiga o‘tkazib qo‘ygan menejer maydon chetiga chiqib olib, o‘yinni boshqarishini ko‘ring, jiblajibonga o‘xshab qanot qoqishini ko‘ring deb, Sizni tanqid qilganman. Soxtakashlikni bartaraf qilib, mas’uliyat yukini orqalab, o‘zingiz bosh murabbiy bo‘lganingizdan keyin Sizga hurmatim oshdi. Terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan kundan keyinoq, barcha qalam ahli bilan suhbat qurib, terma atrofida o‘sha paytgacha mavjud bo‘lgan tarafkashlikni bartaraf qilib, hammani terma atrofida birlashtirib, hammani bir taraf qilib, terma taraf qilib, betaraflikni, bo‘lsa bo‘larchilikni yo‘qotib, barcha jurnalistlarni bir zolga jamlaganingizdan keyin Sizga hurmatim yanada oshdi. O‘shandan keyin barcha futbol jurnalistlarini hozirgacha hech kim bir joyga yig‘madi. Terma atrofida ilgari sodir bo‘lib turgan tarafkashlik voqeasi, kimgadir, qandaydir shaxsga qarshi qo‘yilgan qandaydir “babayanchilik” umuman paydo bo‘lmadi ham.

Hammamizning e’tiborimiz terma o‘yiniga qaratildi. Babayan shaxsiga emas. Siz eng qaltis paytda termaga bosh bo‘ldingiz. Siz har bir o‘yin yo hayot, yo mamot tarzida, pley-off tarzida, har bir o‘yin final kabi ahamiyatli tarzda o‘tadigan paytda termaga bosh bo‘ldingiz. Ikkita mag‘lubiyatdan keyin yana o‘sha ahvolga tushib qoldingiz. Yo Hayot , yo Mamot. Oldiniga mehnatingiz yomon bo‘lmadi. Guruhda birinchi bo‘lib hal qiluvchi bosqichga chiqdingiz. Bitta o‘rtoqlik o‘yinini hisobga olmasak, termamiz boshqaruvingiz ostida bir yil ichida, ya’ni 2015 yil 3 sentyabridan to 2016 yil 6sentyabrigacha o‘ynab qatorasiga o‘n marta g‘alabaga erishdi.

Siz uchun ikkinchi darajali mayda narsalar yo‘q edi. Hamma jarayonni puxta qilib uyushtira boshladingiz. Ilgari terma mashg‘ulotlarida tartib boshqacha bo‘lar edi. Siz darg‘alik qilgach, besh daqiqalik tanishuvdan so‘ng barcha jurnalistlar uchun mashg‘ulotlarni kuzatish taqiqlandi. Barchamiz bitta qolmay, mashg‘ulotlarni kuzata olmay maydonni tashlab chiqib ketar edik. O‘ta jiddiylik futbolchilarda navbatdagi terma o‘yiniga e’tiborni kuchaytirdi. Men bilmagan boshqa barcha sohalarda ham Siz tufayli ishga jiddiy munosabat o‘rnatilgan bo‘lishiga  shubha qilmayman.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:51, 22.02.2017.
O'qildi: 16394 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.