Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2016 hosili

Yevro-2016 hosili

Baho:
+ | -

Yevropa futbolida yo‘lga qo‘yilgan tizimga har qancha havas qilsak, arziydi. Qa-rang, har 4 yilda bir marta tashkillashtiriladigan qit’a chempionatidan hattoki, klublar ham manfaatdorlar. UYEFA yaqinda avvalgi yili Fransiya maydonlarida o‘tkazilgan Yevro-2016 turnirining ba’zi moliyaviy yakunlarini e’lon qildi. Aniqrog‘i, qit’a birinchiligiga futbolchi yuborgan klublarga tegadigan ulushni taqsimladi. Tabiiyki, gap qandaydir kichik summa haqida ketayotgani yo‘q. Diqqat bilan e’tibor qarating, Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi, ya’ni UYEFA qit’a birinchiligidan tushgan umumiy daromaddan naq deyarli 7 millionini birgina Rossiya klublariga bo‘lib beradi. Shuncha mablag‘ Rossiyaning Yevro-2016 final raundi yoki saralash bahslariga futbolchi yuborgan jami 29ta klubiga tegadi. Xullas, futbolchisi qaysidir milliy jamoaning Yevro-2016 saralash bosqichidagi o‘yinlarida qatnashgan klub ham ma’lum miqdorda ulush oladi. Qoyilmisiz... Demak, umumiy qaraganda, naq 641ta klub kompensasiya mablag‘iga umid bog‘lashga haqli. Ular 54ta milliy federasiya yoxud 100ta liga vakillaridir. UYEFA shuncha jamoani rag‘batlantirish uchun 150 million yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratadi. Bundan 50 millioni 2014|2015 va 2015|2016 yillar mavsumida o‘z o‘yinchilarini saralash uchrashuvlariga qo‘yib yuborgan klublar o‘rtasida taqsimlanadi. Yana 100 million yevro esa futbolchilari Fransiyadagi final raunddiga borgan klublarga tegadi.

Eng ko‘pi «Yuventus»ga

Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng ko‘p ulush Italiyaning «Yuventus» jamoasiga tegadi. Turinliklar UYEFAdan deyarli 3,5 million yevroni qurtday sanab olishadi. APLda sovrin uchun kurashayotgan «Liverpul» va «Tottenxem» klublarining ulushlari ham chakki emas - 3 milliondan ko‘p. Eng ko‘p pul oladigan 10ta jamoa 4ta liga vakilidir: APL - «Liverpul», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Sautgempton»; «A» se- riyasi - «Yuventus» va «Roma»; La-liga - «Real» va «Barselona»; bundesliga - «Bavariya»

Qaysi assosiasiya ulushi katta

Ma’lum qilinishicha, Angliya futbol assosiasiyasiga a’zo naq 60ta klub futbolchilari qit’a birinchiligiga daxl­dor bo‘lishgan. Ular jami hisobda 38 million yevrodan ko‘proq haq olishadi. Bu ikkinchi yaxshi ko‘rsatkichga ega Germaniya futbol ittifoqi ulushiga qaraganda, 2 baravardan ham ko‘pdir. Nemislar qit’a birinchiligiga futbolchi yuborgan klublar soni bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinda. Umuman, 4ta assosiasiyaning ulushi 10 «limon»dan baland.

Taqsimot mexanizmi

O‘rtadagi mablag‘ni bo‘lish mexanizmi ancha sodda. Deylik, milliy jamoaning saralash o‘yiniga chaqirilgan har bir futbolchi uchun muayyan tariflar asosida kompensasiya puli beriladi. Bu summa 12tadan o‘yinda qatnashgan terma jamoa vakillari uchun 3536 yevroga teng. 10ta o‘yinda qatnashgan jamoa vakillari hisobiga esa, har bir uchrashuv uchun 4307 yevrodan yoziladi. Bunda faqat o‘yin qaydnomasiga tushgan futbolchilar inobatga olinadi (ko‘pi bilan 23 nafar). Xullas, qaysidir klub futbolchisi milliy jamoasi «zayavka»siga kirsayu, maydonga tushmasa ham, uning hisobiga mablag‘ yoziladi, albatta.

Turnirning final raunddi uchun ajratilgan summa esa o‘yinlar emas, balki kunlar soniga asosan bo‘linadi. Yanada aniqroq aytsak, har bir jamoaning musobaqadagi ilk o‘yinidan 2 hafta oldingi sana va oxirgi uchrashuvi oralig‘idagi kunlar yuzasidan hisob-kitob qilinadi. Aytgancha, bunda turli darajadagi klublarga turli tarifda kompensasiya belgilanadi: birinchi guruh vakillariga bir kun uchun 7231 yevro, ikkinchi guruhga - 4821 yevro va uchinchi guruhga - 2410 yevro. FIFA ko‘rsatmasiga binoan, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya va Ispaniya chempionati klublari birinchi guruhga kiritilgan. Ikkinchi guruhda Avstriya, Belgiya, Daniya, Gresiya, Vengriya, Irlandiya, Chernogoriya, Norvegiya, Portugaliya, Rossiya, Shotlandiya, Serbiya, Shvesiya, Shveysariya, Turkiya va Ukraina chempionatlari oliy ligasi ishtirokchilari bor. Birinchi guruhga kirgan davlatlarning ikkinchi divizioni vakillari ham shu toifaga mansub. Qolgan barcha mamlakatlar klublari va quyi ligalar vakillariga uchinchi guruh maqomi berilgan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:14, 24.02.2017.
O'qildi: 6661 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.