Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

VIII qishki Osiyo o‘yinlarida Misha Ge bugun o‘z ishtirokini boshlaydi

VIII qishki Osiyo o‘yinlarida Misha Ge bugun o‘z ishtirokini boshlaydi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Sapporo shahrida VIII qishki Osiyo o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqada jami 32 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 1200 nafar sportchilar ishtirok etishyapti. E’tiborli jihati Osiyoning 30 ta mamlakati qatorida bu safar Okeaniya mintaqasi vakillari – Avstraliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham musobaqada mehmon sifatida qatnashishmoqda. Faqat ushbu mintaqa vakillari medallar uchun kurash olib borishmaydi.

Bu safargi qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Misha Ge himoya qilishi xaqida xabar berib o‘tgandik. Hamyurtimiz o‘z ishtirokini bugun - 24 fevralda boshlaydi. Bugun qisqa dastur bo‘yicha musobaqalar Toshkent vaqti bilan soat 14:05da start oladi. Misha Ge esa bugungi dastur bo‘yicha bizning vaqt bilan soat 16:27da muzga chiqishi kutilmoqda.

Bugun jami 21 nafar sportchi qisqa dasturda o‘z omadini sinab ko‘radi. Hamyurtimizdan tashqari erkaklar o‘rtasida yakkalikdagi qisqa dasturda bugun shuningdek, Gonkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, Qozog‘iston, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillari ham ishtirok etishadi.

Shuningdek, 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00da qishki Osiyo o‘yinlarida erkin dastur bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, Misha Ge ushbu bahslarda ham qatnashishi rejalashtirilgan. 26 fevral kuni esa Makomanay muz saroyida musobaqalarning tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz Misha Ge 15-19 fevral kunlari Seulda bo‘lib o‘tgan “To‘rt qit’a chempionati” Xalqaro turnirida ishtirok etdi va 20 fevral kuni kechqurun Sapporoga yetib bordi. Koreyadagi musobaqada Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyaning eng kuchli figurali uchish ustalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi va mazkur turnir Misha Ge uchun VIII qishki Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi.

Ma’lumot uchun, Misha Ge – Xalqaro toifadagi sport ustasi, 2009 yildan figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. U O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 2011 yilda Astana/Almati shaharlarida bo‘lib o‘tgan VII qishki Osiyo o‘yinlari, hamda 2014 yili Sochi mezbonlik qilgan XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida himoya qilgan.

Misha Ge qit’a va Xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi. Figurali uchish bo‘yicha 2015 yili Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 6-o‘rinni egallagan. 2016 yilda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etilgan “Autumn Classic International Skate Canada” turnirida 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:11, 24.02.2017.
O'qildi: 5560 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.