Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

G‘alati Angliya. So‘nggi besh yilda besh mutaxassis jamoasini chempion qilganidan keyin iste’fo berdi

G‘alati Angliya. So‘nggi besh yilda besh mutaxassis jamoasini chempion qilganidan keyin iste’fo berdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi dunyoning eng tomoshabop ligasi sifatida tan olinadi. Bu bejizga emas.

G‘alati statistika shuni ko‘rsatib berdiki, jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan besh nafar mutaxassis keyinroq iste’foga chiqarilgan. Gap uzoq tarix haqida emas, so‘nggi besh yil xususida boradi, deb yozgan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev Facebook sahifasida.

2012 yil Roberto Manchini «Manchester Siti» futbol klubi bilan APL chempionligini qo‘lga kiritdi. Oradan bir yil o‘tmay mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.

2013 yil Ser Aleks Fergyuson boshqargan «Manchester Yunayted» Angliya taxtiga keldi. O‘sha mavsumning o‘zidayoq Fergyuson katta futbol bilan xayrlashib, «Old Trafford»ning o‘zida muxlislarga dil izhorlarini aytdi.

2014 yil Manuel Pelligrini boshchilik qilgan «Manchester Siti»ga Premyer-liga oltin medallari nasib qildi. Shundan keyin murabbiy «shaharliklar»ni yana 1,5 yilgina boshqardi va unga ham chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.

2015 yil Joze Mourinyo o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Chelsi»ni mamlakat chempionligi sari boshlab keldi. O‘sha vaqtda yana 6 oydan so‘ng portugaliyalik mutaxassisning iste’foga chiqishini ko‘pchilik xayoliga ham keltira olmasdi. Voqealar rivoji esa shunday bo‘lib chiqdi.

2016 yilgi mavsum «Lester»ning chempion bo‘lishi fantastikadan boshqa narsa emasdi. Kuchli oltilik jamoalaridan tashqari yana bir qator ingliz klublarining byudjeti «Lester»nikidan kattaroq, tarkibi esa kuchliroq edi. Italiyalik murabbiy esa ertaklardagi kabi muvaffaqiyat qozondi. Oradan 9 oy o‘tib esa «Lester» shu murabbiydan ham kechishga qaror qildi va 2017 yilning 23 fevral kuni Ranyeri bilan xayrlashdi.

Fikrining so‘nggida Nikimbayev «Arsen Venger» nima qilishni biladi, deb qo‘shimcha qildi. «Arsenal»ni fransiyalik murabbiy bir necha yillardan buyon chempion qila olmaydi. Klub shunga qaramay mutaxassis bilan xayrlashishni xayoliga keltirayotgani yo‘q.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:04, 24.02.2017.
O'qildi: 8534 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.