"Roma" yarimhimoyachisi Raja Nainggolan qur’aga ko‘ra, Yevropa ligasi 1/8 finalidagi raqibi "Lion" haqida fikr bildirdi.
"Qog‘ozda oddiyroq jamoa raqib bo‘lishini istaysan, ammo ertami, kechmi hamma bilan o‘ynashga majbursan. Bu oddiy bo‘lmagan qarama-qarshilik va hammada keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bor.
Qaysi futbolchidan xavfsirash kerak? Lyakazet - bir necha yillardan buyon "Lion"ning asosiy to‘purari. Yana Rimda o‘zi haqida yaxshi taassurot qoldirgan Yang-Mbivani keltirish mumkin. Umuman olganda butun jamoa kuchli", - deydi Nainggollan.