Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Dinamo» nazorat o‘yinida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

«Dinamo» nazorat o‘yinida Qozog‘iston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan Toshkentdagi yig‘in doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini Qozog‘istonning «Kaspiy» klubiga qarshi o‘tkazgan «Dinamo» jamoasi Samarqandga g‘alaba bilan qaytdi.

O‘tgan mavsumda Qozog‘iston Premyer-Ligasiga chiqish uchun kurashgan Aktau shahrining «Kaspiy» klubi Qozog‘iston Birinchi Ligasining yetakchi klublaridan biri sanaladi. Toshkentdagi yig‘in doirasida ushbu jamoalar o‘zaro o‘yinda maydonga tushishdi va qiziqarli kechgan bahsda "Dinamo" 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida «Dinamo» safida ko‘rikdan o‘tayotgan 21 yoshli moldovalik himoyachi Radu Rogak tomonidan kiritilgan gol yakunda jamoaga Qozog‘iston klubi ustidan g‘alaba keltirdi, 1:0.

Shu kuni jamoa safida ko‘rikda bo‘lgan yangi futbolchilar Farrux Shotursunov va Damir Nizanov maydonga tushishdi.

Bir hafta davomida Toshkentda mavsum oldi ikkinchi yig‘inni o‘tkazgan «Dinamo» jamoasi ushbu bahsdan so‘ng Samarqandga qaytdi.

Nazorat uchrashuvi. Toshkent

24 fevral (juma)

«DINAMO» - «KASPIY» (Qozog‘iston) – 1:0

Gol: Radu Rogak, 22.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Radu Rogak, Ilhom Komilov, Komil Sharofutdinov, Omadjon Tayloqov, Iskandar Xolmirzayev, Damir Nizanov, Sardor Sulaymonov, Abdumalik Abdullayev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiyev, Hakimxon A’lamxonov, Amirjon Safarov, Asomiddin Mamatov, Temur Fayzullayev, Farrux Shotursunov.

Oliy Liganing 1-turi doirasida 3 mart kuni Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo‘ladigan «Dinamo»chilar o‘yinga tayyorgarlikni Samarqanddagi qarorgohda olib borishadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:55, 25.02.2017.
O'qildi: 5754 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.