Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:00 Chelsi 2-1 Brentford
16/12 00:00 Sautgempton 0-5 Tottenhem
16/12 00:45 Milan 0-0 Jenoa
16/12 01:00 Barselona 0-1 Leganes
17/12 00:45 Lasio 0-6 Inter
17/12 01:00 Bornmut 1-1 Vest Xem

Enrikening «Barselona»si Mourinyoning «Real»iga aylanib bormoqdami?

Enrikening «Barselona»si Mourinyoning «Real»iga aylanib bormoqdami?

Baho:
+ | -

Qimmat transferlar, yarim himoyada rejaning yo‘qligi, futbolchilar va rahbariyat o‘rtasidagi sovuq munosabat, bularning barchasi Enrike «Barselona»si va Mourinyoning «Real»ida ko‘rishimiz bo‘lgan holatlar…

Rollar o‘zgarmoqda. Yaqin o‘tmishda ham, “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchilarining kuchiga suyangan bir paytda “Real” Madrid superyulduzlar sotib olish siyosati va shov-shuvlar ko‘tarish bilan mashxur edi. Hozirda esa hammasi aksiga aylanib ketdi.

O‘tgan yozgi transfer mavsumida “Barselona” “Real”dan ancha ko‘p xarajat qildi. To‘g‘ri, «Real»ga qo‘yilgan ta’qiqni ham esdan chiqarmaslik lozim. Luis Enrike Pako Alkaserni 30 million yevroga sotib oldi va klub tarbiyalanuvchisi Munirni ijaraga berib yubordi. Bundan tashqari, ko‘pchilik muxlislar Serxi Samperga imkoniyat berilishini istab turgan bir paytda, klub rahbariyati Andre Gomesh uchun barcha bonuslarni hisoblaganda 35 million yevroning bahridan o‘tdi.

Munir va Samper “Barsa”ning o‘yin uslubiga moslashgan va hech shubhasiz, ularning o‘rniga kelgan ikki futbolchidan qolishmaydigan o‘yin namoyish eta olishlari aniq edi. Biroq, klub “Real”ning o‘tmishdagi siyosati kabi yo‘l tutdi, hamyon yoshlar tizimidan ustun keldi.

Bunga qarshi o‘laroq, madridliklar o‘z tarbiyalanuvchisi Alvaro Moratani jamoaga qaytardi. Asosiy tarkibdan Lukas Vaskes, Nacho, Marko Asensio yoki Marianolarga imkon bera boshladi. Ushbu mavsumda Fabio Koentraudan tashqari barcha zaxira o‘yinchilari o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Zidan esa asosiy yulduzlarga bog‘lanib qolmaslik uchun harakat qilmoqda.

“Kamp Nou”da esa Messi, Neymar, Suares uchligi jamoani qutqarmoqda. Bir paytlar o‘z uslubi bilan dunyoga tanilgan yarim himoya avvalgidek emas. Falsafa nuqtai nazaridan qaraganda, “Real” hozirda azaliy raqibidan oldinda borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Murabbiylari faoliyatida ham farq yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zidan matbuot anjumanlarida o‘z xarizmasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Luis Enrike Mourinyoning “Real”ni boshqargan davridagidek jurnalistlar bilan talashib-tortishish bilan o‘tkazmoqda.

Portugaliyalik murabbiy bilan yana bir o‘xshashlik bor. Shu yilning yanvarida “Barselona” va Luis Enrike FIFAning “Best” sovrinida qatnashishni istamadi. Xuddi Mourinyo va uning shogirdlari “Oltin to‘p – 2012” sovriniga borishni ma’qul ko‘rmagani kabi.

Eng muhimi, o‘z o‘yinidagi ojiz nuqtalarni yaxshilash o‘rniga, klub futbolchilari barchasida hakamni ayblay ketishdi. Mourinyo boshchiligidagi “Real” ham o‘z vaqtida hakam tomon tanqidlar toshini yog‘dirgan edi.

“O‘zgacha”ning davrida madridliklar qarshi hujumlarda ajoyib harakat qilardi. Ko‘pchilik jamoani chuqur himoyalanayotgan jamoalarga qarshi hujum rejasi yo‘qligi, yarim himoyada yaratuvchanlik yetishmasligida ayblagandi. “Barselona” ham hozirda aynan shu yo‘ldan bormoqda.

Yana bir muhim jihat ham bor. Klub rahbariyati jamoa a’zolari bilan samimiy munosabatda emas. Suares rahbariyatni argentinalik yulduzning shartnoma muzokaralari bo‘yicha ayblay ketdi. Shu haftada esa Dani Alves klub direktorlarini ikkiyuzlamachilikda aybladi.

Oldin esa aynan Madridliklar “Santyago Bernabeu”da afsona maqomiga ega Iker Kasilyas bilan shunday munosabatda bo‘lgan edi. Hozirgi paytda, “Real”da barchasi ajoyib ko‘rinmoqda, muammolar esa kataloniyaliklarda to‘planib qolgan.

“Barselona” bir necha mavsum oldingi “Real”ga aylanib qolgan. Bu mavsum yakuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar, klub yozda o‘zining tub qadriyatlarini tiklashi kerak bo‘ladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:27, 26.02.2017.
O'qildi: 10889 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.