Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Angliya liga kubogi. Ibrahimovichning gollari «MYU»ga sovrin keltirdi

Angliya liga kubogi. Ibrahimovichning gollari «MYU»ga sovrin keltirdi

Baho:
+ | -

Angliyada ushbu mavsumning dastlabki sovrini nomi aniq bo‘ldi. Mourinyo  boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" finalda "Sautgempton"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi.

Vaholanki, o‘yinning birinchi bo‘limidagi vaziyat mankunianliklarning osonlik bilan g‘alaba qozonishini ko‘rsatayotgandek edi. Bahsning 19-daqiqasida Ibrahimovich, 38-minutida Lingard "avliyolar" darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bo‘lim tugashi arafasida qanotdan yetkazilgan uzatmani Gabbiadini darvozaga burib qo‘ydi va hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limni "Sautgempton" juda kuchli boshladi va tezda hisobni tenglashtirdi. Yana o‘sha Gabbiadinining zarbasini David de Xea qaytara olmadi.

Shundan keyin "Sautgempton" yaxshi o‘yin namoyish qilishda davom etdi va bir nechta vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana olmadi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Ibrahimovich bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va "MYU"ga mavsumdagi ilk sovrinni taqdim etdi.

Mourinyo esa "Manchester Yunayted"dagi ilk mavsumidayoq Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan dastlabki murabbiyga aylandi.

Angliya liga kubogi, final
Manchester Yunayted – Sautgempton 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 19 Ibrahimovich, 2:0 – 38 Lingard, 2:1 – 45 Gabbyadini, 2:2 – 48 Gabbyadini, 3:2 – 87 Ibrahimovich.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Bayi, Roxo, Valensiya, Lingard (Reshford, 77), Pogba, Errera, Mata (Kerrik, 46), Marsyal (Fellayni, 90), Ibrahimovich.
Sautgempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Redmond, Uord-Prouz, Tadich (Bufal, 77), Devis (Rodriges, 90), Gabbyadini (Long, 83), Romeu.
Ogohlantirishlar: Romeu (18), Errera (24), Stivens (40), Lingard (41), Redmond (56).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 26.02.2017.
O'qildi: 13728 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик