Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

OCHL, 2-tur. "Bunyodkor" o‘tgan yilgi finalchi "Al-Ayn"ga qarshi maydonga tushadi

OCHL, 2-tur. "Bunyodkor" o‘tgan yilgi finalchi "Al-Ayn"ga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

“C” guruhidan o‘rin olgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bu turni o‘z maydonida BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Al-Ayn” klubi o‘tgan yili Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan edi va mehmonda durang qayd etib, o‘z maydonida qarshiliklarni 2:0 hisobida mag‘lub eta olgan. Shu bilan birgalikda mazkur klub o‘tgan yili turnirning final bosqichiga qadar yetib borgan va unda ikkita uchrashuv natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan edi.

Shu bilan birgalikda jamoada qit’amizning eng kuchli futbolchilari to‘p surishini ham takidlab o‘tish zarur. O‘tgan yili turnir futbolchisi bo‘lgan Umar Abdulrahmon ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritgan. Jamoada shuningdek kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Danilo Aspirilla ham to‘p suradi. Uning faolligi ham “qaldirg‘ochlar”ga bosh og‘riq bo‘lishi turgan gap.

“Al-Ayn” guruh bosqichining birinchi turini Eronning “Zobahan” klubiga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobidagi durranga imzo qo‘ydi. Shu sababli endi qolgan o‘yinlarda ochko yo‘qotmaslikka harakat qilishi aniq.

“Bunyodkor” esa birinchi turni Saudiya Arabistonida “Al-Ahli”ga qarshi o‘tkazib 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan shu sababli “qaldirg‘ochlar” ham uy uchrashuvlarida ochko yo‘qotmasliklari talab etiladi.

Kecha “Bunyodkor” – “Al-Ayn” jamoalari uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda murabbiy hamda futbolchilar o‘yin odi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

“Bunyodkor”

- Fikrimcha, “Al-Ayn” – musobaqa favoriti. Biz so‘nggi uch yil mobaynida bunday saviyadagi jamoa bilan ro‘baro‘ kelmagandik. Shu bois bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilib turibmiz. Uchrashuv qiziq bo‘ladi. Biz uchun Chempionlar ligasi turnirida ishtirok etish juda muhim. Boisi tarkibimizdagi yosh futbolchilar saviyali jamoalar bilan kuch sinashib, o‘z mahoratlarini oshirib borishadi. Ertaga yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Tarkibimizga xorijlik saviyali futbolchi jalb eta olmaymiz. Bu jihat moliyaviy imkoniyatimizga va ayni damdagi klub siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, ixtiyorimizdagi barcha yoshlarga imkon berishga va ularni kelajakda yetuk futbolchi sifatida shakllanishiga imkon beramiz. O‘z tarkibida Osiyoning eng yaxshi futbolchimi bo‘lgan “Al-Ayn” klubi ertangi uchrashuv favoriti. Biroq bu raqibning plyus va minuslarini yaxshi bilamiz va shunga mos ravishda taktika tanlaymiz. Ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. O‘tgan uchrashuvdagi xatolar ustida ishlaydik. Umid qilamanki, shogirdlarim bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishgan, - deydi Sergey Lushchan.

- Uchrashuvga puxta xozirlik ko‘rdik. G‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Muxlislarning daldasini doimo his qilib turamiz va ularga yaxshi kayfiyat taqdim etmoqchimiz. Klubdagi muhit juda yaxshi. Jamodoshlarim bilan bir oiladekmiz va buni maydonda ham isbotlashga harakat qilamiz. Umid qilamaki, raqibni yuta olamiz, - deydi Dostonbek Hamdamov.

“Al-Ayn”

- Bizni og‘ir o‘yin kutmoqda. “Bunyodkor” – jamoaviy o‘yinga asoslangan, ajoyib jamoa. Ertangi bahsda avvalgi uchrashuvimizga qaraganda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. O‘ylaymanki, gol urish uchun bizda ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Raqib tarkibida iqtidorli yoshlar ko‘p. Masalan, Shahzodbek Nurmatov, Dostonbek Hamdamov va Eldor Shomurodov kabi futbolchilar bemalol o‘yin taqdirini hal qilishlari mumkin. “Al-Ayn” hech qachon himoyaga ixtisoslashgan o‘yin ko‘rsatmagan va ertaga ham bunday bo‘lmaydi. Biz omadimizni oldingi chiziqdan izlaymiz. “Bunyodkor”ga hurmat bilan yondashaman, biroq ertaga uch ochko uchun kurashamiz. Birinchi turda garchi “Bunyodkor” mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, yaxshi o‘ynadi. Agar golni inobatga olishganida balki toshkentliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Biz ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, lekin yakunda Eron jamoasini yenga olmadik. Oxirgi uchrashuvlarda ko‘p ochko yo‘qotayotganimizdan asosiy omili bu – jarohatlar bilan bog‘liq. Bir qator futbolchilarimiz safdan chiqishgani bois tarkibda muammolar yuzaga keldi. Yaqin orada ular yana safimizga qo‘shilishadi va ana shunda natijalarimiz ham o‘z-o‘zidan yaxshilanadi, - deydi Zoran Mamich.

- Uchrashuv ahamiyati haqida murabbiyimiz aytib o‘tdi. Ertangi bahsga tayyormiz va kurashda yutishimiz kerak. “Bunyodkor” tarkibida yaxshi futbolchilar ko‘p, biroq bizning maqsadimiz bitta – g‘alaba qozonish, - deydi Danilo Aspirilla.

Osiyo chempionlar ligasi. 2-tur.
28-fevral. Soat 18:00
Toshkent “Bunyodkor” stadioni
“Bunyodkor” (O‘zbekiston) – “Al-Ayn” (BAA)
Bosh hakam: Jarret Jillet (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Eshli Bicham (Avstraliya), Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat (Bahrayn)
Zahira hakami: Umar Ibrohim Hasan Mahfud (YAman)

 

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:33, 28.02.2017.
O'qildi: 6817 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.